Vazir örinbosari va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi
30-yanvar kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosari, podpolkovnik Ğulomjon Eşimbetov Amudaryo tumani 3-sektor hududida yaşovçi yoşlar bilan uçraşdi. Uçraşuv doirasida yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida sport musobaqalar va köngiloçar tadbirlar örkazildi. Şuningdek, yoşlar muamolarini örganiş va ularni hal etişga amaliy yordam beriş maqsadida vazir örinbosarining sayyor qabuli taşkil etildi.
Uçraşuv doirasidagi tadbirlarda tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodir Kamolov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov, 3-sektor hududidagi yoşlar yetakçilari, korxona-taşkilotlari masʼullari iştirok etdilar.
Uçraşuvda vazir örinbosari Ğulomjon Eşimbetov sözga çiqib, davlatimiz rahbari tomonidan yoşlar siyosati borasida ustuvor islohotlar olib borilyotganini alohida taʼkidlab, ayniqsa, qoraqalpoğistonlik yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratayotgani xususida söz yuritdi.
Şu örinda qayd etiş joizki, muhtaram prezidentimizning 2022-yil 31-avgust sanasida imzolangan “Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun oliy taʼlim muassasalariga kirişga davlat granti va tölov-kontrakt asosida qöşimça kvota ajratilişi natijasida 3 mingdan ortiq yoşlarimiz oliy taʼlim muassasalarida talaba böliş baxtiga muyassar böldilar.
Şuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil davomida tört million nafar yoşlar bilan alohida işlaş, ularni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik va qonunni hurmat qiliş kabi yuksak tuyğular asosida tarbiyalaş, kasb-hunarga örgatiş, iş bilan taʼminlaş yuzasidan ilgari surgan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida tizimli işlar yölga qöyilmoqda.
Xususan, mahallalarda yoşlar masalalarini muvofiqlaştiriş maqsadida Amudaryo tumani 3-sektor hududida yaşovçi 7 ta toifadagi 500 nafarga yaqin yoşlar IIVning Maʼnaviy-maʼrifiy işlar va kadrlar tayyorlaş xizmatiga biriktirilib, masʼul rahbarlar boşçiligida biriktirilgan yoşlar örtasida maʼnaviy, maʼrifiy, sport, intellektual tadbirlar ötkazildi.
Tuman IIBda “Vatanparvarlik burçagi” taşkil etildi. Maʼnaviy-maʼrifiy, köngiloçar tadbirlar doirasidagi ajoyib çiqişlar barça yoşlarda katta tassurotlar qoldirdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi qoşidagi akademik litsey öquvçilarining körgazmali çiqişlari tadbirda iştirok etayotgan yoşlar qalbidagi vatanparvarlik hissini yanada kuçaytirdi.
Tadbir mobaynidagi “Aral juldizlari” jamoasi qiziqçilarining hazil tariqasidagi sahna körinişlari tadbir iştirokçilariga yuqori kayfiyat bağişladi. Şuningdek, vatanparvarlik ruhidagi ajoyib kuy-qöşiqlar barçaga bayromana kayfiyat baxş etdi.
Tuman IIBning hovlisidagi sport maydonçasida sportning har xil turlari böyiça “Içki işlar vazirligi kubogi” musobaqalari taşkil etildi. Yoşlar sportning stol tennisi, turnikda tortiliş, tir, armrestling, toş kötariş, darts, kamondan otiş turlari böyiça öz kuç va mahoratlarini sinab kördilar. Musobaqalar ajoyib, bahs-munozalarga boy tarzda ötkazildi. Barça sport turlari böyiça 1-, 2-, 3-örin sohiblari aniqlanib, ğoliblarga va faol iştirokçilarga sport anjomlari hamda qimmatbaho sovğalar topşirilib, munosib taqdirlandi.
Vazir örinbosari 3-sektor hududida yaşovçi yoşlarning muammolalarini örganiş va ijobiy hal qiliş yuzasidan ötkazgan sayyor qabulida yoşlar bilan oçiq muloqot qildi. Qabul jarayonida yoşlar bandligini taʼminlaşda, öqigan mutaxassisligi böyiça işga joylaşişda amaliy yordam sörab murojaat qildilar. Murojaatlarni ijobiy hal etişda tumandagi tegişli masʼullar bilan çora-tadbirlar belgilab olindi.
Çaros Arslonova, tuman hokimining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶