TUMAN HOKIMLIGIDA FUQAROLAR MUROJAATI BILAN IŞLAŞ MASALASIDA BRIFING ÖTKAZILDI
Tumanda aholi muammolarini öz vaqtida hal etilişini taʼminlaş maqsadida ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida sayyor qabullar hamda haftaning har juma kuni hokim şaxsiy qabuli taşkil etib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yil boşidan şu kunga qadar tuman hokimi rahbarligida 7 marta fuqarolar qabuli taşkil etilgan bölib, uşbu qabullarda 564 nafar fuqarolar 642 masalada murojaat qilişdi.
Qabul yakuni böyiça tegişli bayonnomalar rasmiylartirib ijroçi taşkilotlarga, şu jumladan mahalalardagi hokim yordamçilariga şu kunning özida yetkazib berilmoqda. Har haftada qabulga kelgan fuqarolar murojaatlari ijrosi apparat yiğilişida tanqidiy muhokama qilib borilmoqda.
Tuman hokimligiga joriy yil boşidan şu kunga qadar:
- Prezident virtual qabulxonasi orqali 230 ta
- Jöqorği Kengesning “Xalq murojaati” portali orqali 14 ta
- Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va boşqa taşkilotlar tomonidan yönaltirilgan murojaatlar 79 ta
- tuman hokimi nomiga kelib tuşgan murojaatlar 140 ta
- yuridik şaxslar tomonidan kelib tuşgan murojaatlar 6 ta
Jami murojaatlar 469 tani taşkil qiladi.
Hokim şaxsiy qabul va bevosita hokimlikka kelib tuşgan jami murojaatlar soni 1033 tani taşkil qiladi. Uşbu murojaatlarining 455 ta (44 foiz) murojaatlar ijobiy hal qilindi, 537 ta (52 foiz) murojaat huquqiy maʼlumot beriş orqali öz yeçimini topdi, 41 ta (4 foiz) murojaat uzoq vaqt talab qilganligi sababli ijobiy eçiş uçun nazoratga olindi.
Kelib tuşgan murojaatlar asosan Uy-joy bilan taʼminlaş, yöllarni şağallaştiriş, uy-joy taʼmirlaş va şiferlaş, moddiy yordam ajratib beriş, davolaniş uçun mablağ ajratib beriş, kredit ajratib beriş, kontrakt şartnoma pullarini tölab beriş, işga kirişga kömaklaşiş hamda elektr energiya va tabiiy gaz bilan boğliq masalalar haqida.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-fevral kungi 52-sonli qaroriga muvofiq tumanda 1120 ta xonadon şiferlab berildi, 12 ta uy-joyda qayta quriş işlari olib borildi, 80 km içki yöllarga ŞPS yotqizilib taʼmirlaş işlari olib borildi.
Bundan taşqari hokimlik va homiylar tomonidan 220 nafar fuqarolarga 81 tonna kömir bepul ajratib berildi.
Oilaviy ahvoli oğir şaroitga tuşib qolgan 153 nafar fuqaroga 3875 kg un, 1640 kg guruç, 787 kg paxta yoği, 380 kg moş va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari ajratib berildi
Bundan keyin ham fuqarolar murojaatlari bilan işlaşişni ustuvor vazifa sifatida belgilab, har bir fuqaroni “arizaçi” yoki “şikoyatçi” sifatida emas, aksinça ularni öz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oşirişda amaliy yordam sörab kelayotgan insonlar sifatida körib, ular bilan oçiq muloqotda bölib masalalarini ijobiy yeçimlarini topiş uçun barça zaruriy çoralarini körib boramiz.
Jahongir Yuldaşev, Amudaryo tumani hokimligi devonxonasi mudiri

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶