Hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Bugungi kunda yurtimizda kelajak egalari boʻlgan yoshlarning har tomonlama yetuk va barkamol inson boʻlib kamol topishlari yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlarning chek-chegarasi yoʻq. Yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, oʻzining qobiliyati, zehni, izlanuvchanligi bilan jamiyatning har jabhasida tengdoshlariga namuna boʻlayotgan yoshlarimiz soni kun sayin oshib bormoqda.
Mamlakatimiz boʻylab yoshlar siyosati eng ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida qaralib, bu borada olib borilayotgan islohotlar jamiyat hayotining eng asosiy boʻgʻini boʻlgan yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol boʻlib voyaga yetishiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bu boradagi davlat siyosatini amalga oshirishda sayyor qabullar va uchrashuvlarning ham oʻrni alohida.
Joriy yilning 30-yanvar sanasida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov tumanimizdagi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 55-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Oybek, Gulzor va Olmazor mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar vakillari ishtirok etishdi.
Shuningdek, uchrashuvda tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodir Kamolov, tuman Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim boshligʻi Sherzod Murodov, tuman Yoshlar ishlari agentligi boshligʻi Sardor Ismoilov, ovul va mahallalardagi hokim yordamchilari, fuqarolar yigʻinlari raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks tizimi yaratilgani, bilimli, keng dunyoqarashga ega vatanparvar yigit-qizlarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanligini alohida qayd etib oʻtdi.
Shuningdek, tuman hokimi yoshlarning qobiliyat va isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotgani alohida taʼkidlab, ularni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga, ilm-fan va kasb-hunar sirlarini puxta egallashga chaqirdi.
Uchrashuvda yoshlarning taʼlim olish, oʻzini oʻzi band qilish borasidagi muammolari tinglangdi va atroflicha oʻrganildi. Xususan, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan bir guruh yoshlarning toʻlov shartnoma pullarini toʻlashdagi muammolari, sartaroshlik, tikuvchilik kabi tadbirkorlik turlari bilan shugʻullanish uchun asbob-uskuna sotib olish, oʻzini oʻzi band qilish uchun kredit olish borasidagi muammolari tinglanib, ularni hal qilishga yordam beriladigan boʻldi.
Uchrashuv davomida tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Sherzod Murodov ham soʻzga chiqib, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar xususida toʻxtaldi va harbiy xizmatni oʻtash tartibi haqida maʼlumotlar berdi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida olib borildi. Yoshlar har sohada oʻzlarini qiynayotgan savollar bilan masʼullarga murojaat qilib, savollariga toʻliq javoblar oldilar.
Charos Arslonova, tuman hokimining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶