22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 10:22
Jamiyat 👁 281

Boy ovul mahallasi profilaktika inspektorining hisoboti tinglandi

Boy ovul mahallasi profilaktika inspektorining hisoboti tinglandi

2024-yil 17-yanvar kuni Amudaryo tumani Madaniyat markazida tumandagi Boy ovul mahalla fuqarolar yigʻinining profilaktika inspektori, kapitan Abay Toxtarboyev mahalla faollari oldida hisobot berdi.

Hisobot uchrashuvida tegishli soha mutasaddilari, mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari, aholi vakillari ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 6-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi ijrosini taʼminlash yuzasidan oʻtkaziladigan yigʻilishda profilaktika inspetori 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

Hisobotda qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 30-mart kungi qoʻshma qaroriga asosan, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahalla inspektori tomonidan 42ta huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslar aniqlangan hamda ular bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirgan.

Mahalla beshligi bilan hamkorlikda hududda bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Xususan, hududdagi jinoyat sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan nuqtalar va aholi gavjum joylarga, yaʼni Qilichboy va Samarqand koʻchalari chorrahasiga, Tadbirkorlar koʻchasi boʻyida joylashgan “Yusuf Eshon bobo” jome masjidi yoniga yuqori sifatli videokuzatuv kameralari oʻrnatilib, mahalla hududiga kirish va chiqish joylari doimiy nazoratga olish imkoniyati yaratilgan.

Oʻgʻirlik jinoyatining oldini olish maqsadida mahalla hududida joylashgan aholiga xizmat koʻrsatuvchi 5ta savdo-sotiq doʻkonlari va 2ta qarovsiz qolgan uylar qoʻriqlash xizmatiga olingan.

Mahalla hududida joylashgan 16-sonli maktabda doimiy ravishda “Davomat” va “Tigʻ” tadbirlari oʻtkazilib borilgan hamda mahalla hududida 140ta huquqbuzarliklar aniqlangan. Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan, profilaktik hisobga olingan 36 nafar shaxslar bilan doimiy ravishda profilaktik ishlar amalga oshirilgan.

Mahalla hududidagi 3 nafar fuqaro Respublika ruhiy kasalliklar dispanseriga joylashtirilgan va spirtli ichimlikka ruju qoʻygan 3 nafar shaxslar Respublika Norkologiya dispanseriga majburiy va ixtiyoriy ravishda davolanishga yuborilgan.

Yigʻilishda profilaktika inspektori hisobotidan keyin mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Muhokamalarda huquqbuzarliklarning bir qismi tayinli ish joyiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilayotganini hisobga olgan holda eng avvalo, ishsizlikka barham berish, aholini foydali mehnat bilan koʻproq band qilish lozimligi taʼkidlandi. Bu boʻyicha profilaktika inspektori bilan birga hududdagi tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlik subʼektlari ham hamkorlikda ish olib borishlari lozimligi qayd etildi.

Olib borilgan ishlar va koʻrilgan tezkor choralar natijasida 2023-yil yakuniga qadar mahalla jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan “qizil” toifadan jinoyatchilik nisbatan kam boʻlgan “sariq” toifaga oʻtkazilgan. Bunda albatta, profilaktika inspektorining mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari bilan hamkorlikdagi faoliyatining ahamiyati katta. Profilaktika inspektorining hisobotini eshitish chogʻida ana shu hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikrlar bildirildi.

Shu bilan birga yigʻilishda joylarda uchrayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026