AHOLI MUAMMOLARIGA YeÇIM TOPIŞ SEKTOR FAOLIYaTINING ASOSIY MEZONIGA AYLANDI
Amudaryo tumanining 3-sektori hududida 12ta ovul va mahallalar mavjud bölib, unda yaşovçi aholi soni 54105 kişini taşkil qiladi. Xonadonlar soni 10502ta, oilalar soni esa 12542tadan iborat.
2023-yilning 11 oyi davomida hududda 49ta sayyor qabullar ötkazildi. Uşbu sayyor qabullarda jami 388ta murojaat kelib tuşgan bölsa, barçasini hal qiliş çoralari körildi. “Bandlik” dasturiga muvofiq joriy yilning 11 oyi davomida hududda yaşovçi 477 nafar fuqarolar tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi tomonidan işga joylaştirilgan. Şuningdek, 15 nafar fuqaroga yengil konstruktsiyali issiqxonalar qurişi va suğoriş vositalarini olişi uçun 127,9 mln. söm mablağ ajratilgan.
Joriy yilning ötgan davri mobaynida 3-sektor hududida bir marta böş iş örinlari yarmarkasi taşkil qilinib, yarmarkaga 27ta korxona va taşkilotlardan 85 böş iş örinlari taklif qilindi. Uşbu tadbirda 83 nafar fuqaro qatnaşgan bölsa, 21 nafariga işga yöllanma berildi. Sektor hududidagi 9 nafar aholi jamoat işlariga jalb qilindi. Öquv markazlarida yil boşidan 37 nafar fuqarolar turli yönalişda tahsil olib, ularning bandligi töliq taʼminlandi, hududdagi 288 nafar mehnat migrantidan 183 nafarining bandligi taʼminlandi.
Sektor hududidagi mahallalarning infratuzilmasini yaxşilaş borasida ham bir qança işlar amalga oşirildi. Xususan, Jumurovul mahallasidagi uzunligi 1,2 km. bölgan “Şijoatli” köçasida qiymati 222,5 mln. sömlik joriy taʼmirlaş işlari, Bözyop ovulida “Yangi hayot” 1-, 2-uçastka, “Bözariq” 1-, 2-, 3-uçastkalardagi uzunligi 2,433 km. bölgan köçalarda qiymati 392,6 mln. sömlik joriy taʼmirlaş işlari bajarilmoqda. Du-runki mahallasidagi “Turkiston” köçasida uzunligi 0,392 km. bölgan, qiymati 240,2 mln. sömlik joriy taʼmirlaş, Boyovul mahallasidagi “Bahor” köçasida uzunligi 0,610 km. bölgan, qiymati 500,2 mln. sömlik joriy taʼmirlaş, Oq oltin ovulidagi “Dehqonobod-1” va “Dehqonobod-2” köçalarida uzunligi 1,097 km. bölgan, qiymati 224,6 mln. sömlik joriy taʼmirlaş işlari boşlaniş arafasida. Şuningdek, “Open budget” portali orqali Toryop mahallasidagi “Dehqonbirlik” köçasining uzunligi 0,94 km. qismiga toş yotqiziş hamda “Toryop-Qiliçboy” yölining 1,02 km. qismiga qora qoplama asfalt yotqiziş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, 3-sektor rahbarining taşabbusi bilan sektor hududidagi 10ta mahallaning har biridan ikkita köçaga toş-şağal yotqiziş işlari olib borilmoqda.
Sektor hududidagi muhtoj şaxslar, yaʼni 40 nafar fuqarolar reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravaçalari bilan taʼminlandi. «Saxovat va kömak» umummilliy harakati doirasida «Temir daftar»dagi oilalarga jami 635,7 mln. sömlik turli xildagi yordam körsatilgan. Jumladan, 120 nafar oilaga 36 mln. sömlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi, 83 nafar oilaga 58,6 mln. sömlik naqd pul körinişida moddiy yordam körsatildi, 31 nafar oilaga 108,5 mln. sömlik çorva mollari olib berildi, 12 nafar oilaga 7,1 mln. sömlik boşqa turdagi yordamlar körsatildi. Şuningdek, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga 600 mln. sömdan ortiq moddiy yordamlar berildi.
Hududda «Yoşlar daftari» röyxatiga 455 nafar yoşlar kiritilgan bölsa, ularning 263 nafariga turli xil yordamlar körsatildi va daftardan çiqarildi.
Joriy yil yanvar-fevral oyi boşidan sektor hududida “Ayollar daftari”ning 4-bosqiçiga 1450 nafar xotin-qizlar kiritildi. Bugungi kunda uşbu röyxatdagi ayol-qizlarning 1286 nafariga turli xildagi yordamlar körsatildi. Ularga iş bilan taʼminlaş, tadbirkorlikni yölga qöyiş, ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ajratiş, uy-joyini taʼmirlaş, qaramoğida nogironligi bölgan xotin-qizlarga moddiy yordam ajratiş kabi masalalar böyiça amaliy yordamlar berildi.
Undan taşqari, daromad topişga, kasb örganişga harakat qilayotgan 466ta oilalar aniqlanib, hokim yordamçilari tomonidan 357 nafar fuqaroga 2,5 mlrd. sömlik kredit mablağlari ajratildi, yengil konstruktsiyali issiqxona hamda asbob-uskunalar sotib oliş uçun 366ta xonadonlardagi 64 nafar fuqaroga 48,9 mln. sömlik subsidiyalar ajratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtojligi bölgan 214ta xonadonlardan 95 nafar işsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi.
Maqsadimiz – faqat xizmat xonasida ötirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb masalalarning amaliy yeçimi bilan şuğullaniş, xalq bilan yaqindan muloqot qilib, uning dard-u taşvişlari, hayotiy muammolarini samarali hal etiş böyiça yangiça qaraş bilan faoliyat olib boriş hamda şu ğoyani sektorimiz faoliyatining asosiy mezoniga aylantirişdir. Şundagina fuqarolarimiz uçun farovon turmuş tarzi yaratilişiga, davlatimizdan rozi bölib yaşaşiga hissa qöşgan bölamiz.
J.Yusupov,
tuman IIB boşliği, 3-sektor rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶