"Mehr harakati" loyihasi doirasida ehtiyojmand oilalarning farzandlariga kiyim-keçaklar tarqatildi
Mamlakatimizda ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarga har tomonlama kömaklaşiş borasida xayrli işlar olib borilmoqda. Ayniqsa, bugungi qişning qirovli kunlarida qiyin şaroitda yaşayotgan oilalarga yordam qölini çöziş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi taşabbusi bilan “Mehr harakati” loyihasi doirasidagi tadbirlar izçil davom ettirilmoqda.
Mazkur harakat doirasida barça şahar va tumanlardagi noçor şaroitda yaşayotgan oilalarni borib köriş va ularga amaliy yordam körsatiş maqsadida vazirlik, boşqarma, korxona, taşkilot rahbarlaridan iborat işçi guruhlar taşkil etildi va ular ehtiyojmand oilalarga manzilli kömak berişmoqda.
Mazkur harakat doirasida 26-dekabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat markazida tuman hokimligi hamda homiylar tarafidan 130ta ehtiyojmand oilalarning farzandlariga qişki kiyim-keçaklar tarqatildi.
Tadbirda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova, tuman Maktab va maktabgaça bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov, kam taʼminlangan, ehtiyojmand, boquvçisini yöqotgan oilalarning farzandlari iştirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova sözga çiqib, bugungi kunda “Mehr harakati” loyihasi doirasida qilanayotgan işlar respublikamizning barça hududlarida bölgani kabi tumanimizda ham qizğin tus olayotganini, heç kim mehr va eʼtibordan çetda qolmasligini aytib ötdi.
Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan ilgari surilgan “Inson qadri uçun” tamoyili asosida şaroiti oğir, kam taʼminlangan oilalarning hayoti bilan tanişiş va ularga yordam körsatiş böyiça belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş, şahar va tumanlarda, ayniqsa çekka hududlarda istiqomat qiluvçi aholi yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, ularning hayot farovonligini taʼminlaş maqsadida taşkil qilingan “Mehr harakati” loyihasida har qanday jismoniy va yuridik şaxslar iştirok etib, imkon darajasida aholining ehtiyojmand qatlamiga yordam körsatişi mumkin.
Loyihani amalga oşirişda birinçi navbatda qulay şaroitga ega bölmagan turar-joylarda yaşab, qiş kunlari uyini isitişga ötin, kömir sotib olişda, farzandlariga kiyim olib berişda qiynalayotgan, bundan taşqari, ijarada vaqtinça kun körayotgan uy-joysiz, boşpanasiz oilalarga alohida eʼtibor qaratiladi.
Haqiqatan ham, mehr-oqibat, hamjihatlik kabi insoniy xislatlar bizga avlodlarimizdan meros bölib kelayotgan qadriyatlar sirasiga kiradi. Azal-azaldan xalqimiz har qanday şaroitda ham bir-biriga yelka tutgan, yordam qölini çözgan. Kömakka muhtoj insonlar qöni-qöşni, qarindoş-uruğ, mahalla hamda elu yurt yordami bilan özini tiklab olgan. Ajdodlarimiz turli sinov va ofatlardan ham ana şunday birdamlik orqali ötgan, qiyinçiliklarni birgalikda mardona yenggan.
Yangi yil bayrami arafasida taşkil etilgan uşbu tadbir bolajonlarning quvonçiga quvonç qöşdi.
Tadbir yakunida tomoşabinlarga tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶