17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 09:51
Jamiyat 👁 194

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari 67-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari 67-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 11-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari – 67-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Eshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 4-Doʻstlik saylov okrugidan deputat Muqaddas Beknazarova saylandi.
Sessiyada tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, deputatlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada dastlab 2023-2024-yillarning qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va zararsiz oʻtkazish  choralari toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov hisobot berdi.
Hisobotda 2023-yil - “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yilida ham tumanimiz aholisining fidokorona mehnatlari natijasida barcha sohalarda salmoqli natijalarga erishilayotganligi aytib oʻtildi.
Aytish kerakki, aholining yordamga muhtoj qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, qiyin kunlarida ularga koʻmakchi boʻlish maqsadida “Mehr harakati” karvoni davom etmoqda.
Xalqimizga xos bagʻrikenglikning ifodasi boʻlgan ushbu harakat negizida ijtimoiy yordamga muhtoj, boquvchisidan ayrilgan yoki yordamga ehtiyoji bor oilalardan xabar olinib, sovuq kunlarni talofatsiz oʻtkazib olishiga koʻmaklashilmoqda. Jumladan, yolgʻiz qariyalar, koʻp farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish choralari koʻrilmoqda. “Mehr harakati” tamoyili asosida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va homiylar hisobidan 57 nafar oilaga 122,5 mln. soʻmlik yordamlar koʻrsatilgan. 105 nafar oilaga 42 tonna koʻmir, 78 nafar oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, 4 nafar oilaga suyultirilgan gaz balloni, homiylar hisobidan 2ta oilaga gaz plitasi, 90 nafar oilaga isitish pechkasi, 25 nafar oilaga 105 dona issiq kiyim-kechaklar tarqatilgan.
Sessiyada joylarda xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish hamda jamiyatda ayollarning nufuzini yanada oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi toʻgʻrisida tuman hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova hisobot berdi.
Hisobotda taʼkidlangandek, shu kungacha 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan 5 ming 398 nafar xotin-qizlarning 5 ming 330 nafariga yordamlar koʻrsatilgan.
Shundan, birinchi toifa - ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 1 ming  943 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning  bandligi taʼminlangan.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan 200 nafar xotin-qizlar Xiva shahriga sayohatga olib borilgan hamda 14 nafar reablitatsiya moslamalariga muhtoj xotin-qizlarga 3ta hassa tayoq, 4 ta eshitish moslamasi, 7ta nogironlik aravachalari berilgan.
Sessiya ishida “Mehr harakati” boʻyicha yordamga muhtoj yoshlarga yordam berish masalasi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov hisobot berdi.
Hisobotda taʼkidlangandek, tumandagi jami 14-30 yosh toifadagi 54 ming 503 nafar yoshlarning balansi shakllantirilgan. Xususan, 23 ming 551 nafar "yashil" toifa, 30 ming  952 nafar "sariq" toifa, 1 ming 316 nafar "qizil" toifalarga ajratilgan.
Joriy yil boshidan shu kungacha “Yoshlar daftari”ga 3 ming 769 nafar yoshlar kiritilgan boʻlib, shundan 2 ming 906 nafariga amaliy yordamlar koʻrsatilgan.
Sessiya yakunida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov deputatlarni, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari hamda korxona-tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda faol ish olib borgan holda "Mehr harakati" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga hissa qoʻshishga, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoya qilish, qish mavsumini betalofat oʻtkazishlariga koʻmaklashish borasida amalga oshirayotgan tadbirlarga hissa qoʻshishga chaqirdi.
Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026