17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 09:50
Jamiyat 👁 242

YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh BOʻYIChA NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh BOʻYIChA NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shahar va qishloqlarda yangi yoʻllar va koʻpriklar qurildi, taʼmirtalab boʻlgan koʻplab yoʻllar rekonstruktsiya qilindi. 2023-yilning 9 oyi ichida tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylarida qariyb 9,2 ming yotiq chiziqlar chizilgan, 417 svetofor obʼektlari hamda piyodalar uchun 210 ta svetofor qurilgan.

Shunga qaramasdan, yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlari ortib bormoqda. Masalan, 2023-yilning 9 oyi ichida mamlakatimizda yoʻl-transport hodisalari soni oʻtgan yilga nisbatan 2,4 foizga oshgan. Koʻp hollarda baxtsiz hodisa natijasida fuqarolar tan jarohati olib, oʻlim holatlari ham kuzatilyapti.

Shu munosabat bilan davlat yoʻllarda koʻngilsiz hodisalar sonini kamaytirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiryapti. Jumladan, yoʻl harakati qoidalarini buzganlarga nisbatan jarima tizimini qoʻllashdir. Butun dunyoda bundan koʻzlangan asosiy maqsad – haydovchi va piyodalarni yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini bajarishga undash va ularni noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirishdan tiyishdir.

Joriy yilning 19-20-noyabr kunlari va dekabr oyining boshida Amudaryo tumanida ham tan jarohati bilan bogʻliq va ogʻir oqibatli yoʻl transport hodisalarining oldini olish, mast holatda avtotransport vositalarini boshqarish bilan bogʻliq vaziyatlarga chek qoʻyish, shuningdek, muddati oʻtgan qarzdorliklarni undirish maqsadida nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Nazorat tadbirlari davomida haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmay turib avtomobil boshqarish, boshqa odamga tegishli avtomobilni boshqarish, tezlikni oshirish mumkin boʻlmagan hududlarda katta tezlik bilan avtomotransport vositalarini boshqarish, ichki ishlar organi xodimining qonuniy talabiga boʻysunmaslik, tegishli hujjatlarsiz avtomobiliga arava ulash kabi qoʻpol turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlandi. Mazkur huquqbuzarliklarni sodir etgan haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy jazo choralari koʻrildi.

Shuningdek, tadbir davomida toʻy kortejlari bilan bogʻliq xunuk holatlar ham kuzatildi. Xususan, tezlikni oshirish man qilingan, aholi gavjum boʻlgan, shuningdek, taʼlim-tarbiya muassasalari joylashgan hududlarda yoʻlni band qilib, tartibsiz ravishda toʻy sayri uyushtirish, yurib ketayotgan avtomobilning oynasidan yarim beligacha tashqariga chiqib, namoyishkorona selfiga tushish kabi holatlar boʻyicha ham maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, huquqbuzar, haydovchilar va toʻy korteji ishtirokchilariga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy jazo choralari belgilandi.

Xalqimiz falokat oyoq ostida, deb bekorga aytishmagan. Lekin har qanday falokat yoki baxtsiz hodisaning oldini olish esa insonning oʻziga bogʻliq. Qolaversa, haydovchilik ham odamdan yoʻl harakati qoidalari bilan bogʻliq madaniyatni, ogohlikni talab etadi. Chunki yoʻl – faqat haydovchiniki emas, umummanfaati uchun xizmat qiluvchi ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy mulk hisoblanadi. Shu bois, haydovchilar ana shu mulkdan foydalanuvchilar daxlsizligini taʼminlashga burchlidirlar. Shu bilan birga, insonlar hayotini xavf-xatarga qoʻymaslik uchun hamisha yoʻllarda madaniyatli tarzda harakat qilmoqlari shart.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026