14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 21:14
Jamiyat 👁 187

“YIL AYoLI” MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

“YIL AYoLI” MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

2022-yil 27-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilingan edi. Qarorga muvofiq jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targʻib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovi respublikamiz boʻylab oʻtkazilib kelinmoqda.

20-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabining majlislar zalida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini koʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan ayollar qatnashdi.

Prezidentimiz “Maʼrifatli jamiyatni maʼrifatli onalarsiz qurib boʻlmaydi!” gʻoyasini ilgari surar ekan, ayollarning nainki oila va jamiyatdagi, balki Vatan va millat taqdiridagi oʻrni beqiyos ekanini ham alohida taʼkidlaydi. Turli jabhalarda faollik koʻrsatayotgan fidoyi xotin-qizlarni aniqlashda esa koʻrik-tanlovlarning ahamiyati katta.

Keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbir ochilishida soʻz olgan tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi oʻrni, roli va nufuzini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligini, qator loyiha va tanlovlar oʻtkazilayotganligini taʼkidladi.

Mazkur tanlovdan koʻzlangan maqsad ham jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va ishda barchaga oʻrnak boʻlayotgan, davlat va jamoat ishlarida faol xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ilgʻor tajribalarini ommalashtirishdan iborat ekani qayd qilindi.

Nizomga koʻra, tanlovda 35 yoshdan yuqori hamda oʻz faoliyati bilan kamida 5-yil mobaynida uzluksiz shugʻullanib kelayotgan ayollar ishtirok eta oladi. Tanlovning tuman bosqichida 5 nafar ishtirokchilar uchta shart boʻyicha bellashdilar hamda ularning bilim va mahoratlari 5 balli tizim asosida baholandi. Yakunda umumiy natijalar boʻyicha Nazarxon ovulidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabining kutubxonachisi Tazaxon Qidirniyazova birinchi oʻrinni egallab, tunlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Bundan tashqari, Mohira Sobirova, Anbarjon Salayevalar “Yilning eng jonkuyar ustozi”, Nodira Tajimuratova “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, Qanigul Aytboyeva esa “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib boʻldilar.

Tanlov gʻoliblariga va ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019