17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 12:30
Jamiyat 👁 184

9 oy davomida tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 54 ming 175 ta davlat xizmati koʻrsatilgan

9 oy davomida tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 54 ming 175 ta davlat xizmati koʻrsatilgan

Adliya boʻlimlari tuzilmasiga yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDYo organlari barcha huquq va vakolatlarini saqlagan holda oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi zimmasiga jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash vazifalari yuklatilgan.

Amudaryo tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 54175 ta davlat xizmati koʻrsatilgan boʻlib, shundan 1800dan ortiq davlat xizmatlari yuridik shaxslarga, 52000 dan ortiq davlat xizmatlari jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan.

Davlat xizmatlari markazlarida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarning eng koʻp foydalanishgan davlat xizmatlari, jumladan Elektron raqamli imzo kalitlarini berish (12357 ta), Bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish (6897 ta), Narkologiya va Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish (5459 ta), Kadastr pasportini shakllantirish (4207 ta), Koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ariza yuborish (3505 ta), Qurilish-montaj ishlari tugallangan obʼektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish (3038 ta),  Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnomalarni olish uchun ariza yuborish (1876 ta),  Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish (1323 ta), “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan yoshlarga kompyuter xarid qilish boʻyicha isteʼmol krediti foizlarini qoplab berish (1260 ta),  Mavzuli soʻrovlarni ijro etish (1120 ta), Nafaqa tayinlash uchun ariza berish (1075 ta) boʻlib hisoblanadi.

Tadbirkorlik subektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda 159 yuridik shaxslar, 662 yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Tadbirkorlik subʼektlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazishda 140 yuridik shaxslar, 54 yakka tartibdagi tadbirkorlar qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Shuningdek davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblangan olis hududlarga chiqqan holda davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini keng qoʻllagan holda joriy yil yanvar-aprel oylarida tumandagi ovul va mahallalarida sayyor tartibda fuqarolarga 2845 ta davlat xizmati koʻrsatildi va sayyor xizmat koʻrsatish jarayonida fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalari, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasiga oid yangiliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazining “Xitoy filiali”da hudud aholisiga muntazam davlat xizmatlari koʻrsatilib kelinmoqda hamda joriy yil boshidan 2313 ga yaqin davlat xizmatlari DXM “Xitoy filiali” orqali koʻrsatilgan.

Mansur Sadikov, Amudaryo tumani Adliya boʻlimi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026