AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLAŞ BORASIDA ANIQ VAZIFALAR BELGILAB BERILGAN
Barçamizga maʼlumki, Prezidentimizning “Özbekiston – 2030” strategiyasi töğrisida”gi Farmoni va “Özbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va öz vaqtida amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori loyihalari jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Uşbu “Özbekiston – 2030” strategiyasida 5 ta yönaliş böyiça 100 ta maqsad nazarda tutilgan. “Özbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oşiriş çora-tadbirlari loyihasida muddatlar va ijroçilar kesimidagi amaliy vazifalar, erişiladigan aniq maqsadli körsatkiçlar va strategiyani amalga oşiriş doirasida işlab çiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar röyxati tasdiqlanmoqda.
«Özbekiston — 2030» strategiyasi 5 ta ustuvor yönalişlarda amalga oşirilişi belgilangan bölib, uning 2-yönalişi “Barqaror iqtisodiy ösiş orqali aholi farovonligini taʼminlaş” deb nomlangan.
Maʼlumki, iqtisodiy ösişni taʼminlaş, barqarorlaştiriş va rivojlantirişdan asosiy maqsad mamlakat iqtisodiy rivojlanişi va aholining turmuş darajasini oşirişdir. Şu sababli uşbu bölimda 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oşiriş va “daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar” qatoriga kiriş borasidagi aniq vazifalar körsatib ötilgan. Undan taşqari, mahalliy xomaşyo bazasidan samarali foydalaniş va ilğor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantiriş, sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantiriş va hududlarning sanoat salohiyatini töliq işga soliş, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oşiriş va qimmatli qoğozlar bozorini jadal rivojlantiriş, bank tizimida islohotlarni jadallaştiriş, bank xizmatlari bozori hajmini oşiriş va sohada raqobatni rivojlantiriş borasida amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar belgilab qöyilgan.
Strategiyaning uşbu yönalişida kelgusida “Yaşil iqtisodiyot”ga ötiş, uning asosi bölgan qayta tiklanuvçi energiyadan foydalaniş körsatkiçlarini keskin oşiriş, iqtisodiyot va aholini zaruriy energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlaş, qişloq xöjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oşiriş, milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuçaytiriş va uning tarkibida qöşilgan qiymati yuqori bölgan mahsulotlar uluşini keskin oşiriş ham közda tutilgan.
Işonçimiz komilki, Strategiyada körsatilgan barça çora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanişi va ösişiga, el-yurt farovonligini taʼminlaşga xizmat qiladi. Har birimiz uşbu vazifalarni masʼuliyat bilan bajarsak, taraqqiyot sari taşlanayotgan qadamlar yanada jadallaşib, Yangi Özbekiston kelajagi buyuk va har jihatdan qudratli davlatlar qatoridan joy oladi.
Yaxşimurod Ahmedov,
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati,
O’zLiDeP tuman Kengaşi raisi örinbosari, apparat rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶