15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 15:34
Jamiyat 👁 247

AYoLLARNI REABILITATsIYa QILISh VA MOSLAShTIRISh AMUDARYo TUMANLARARO MARKAZDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

AYoLLARNI REABILITATsIYa QILISh VA MOSLAShTIRISh AMUDARYo TUMANLARARO MARKAZDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan  mamlakatimizda xotin-qizlarning oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni taʼminlash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Oʻzbekiston tarixida ilk bor 2019-yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar qabul qilindi. Ushbu Qonun hujjatlari xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Tazyiq va zoʻravonlikni boshidan oʻtkazgan shaxslarni himoya qilish, jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning har qanday shakliga murosasiz muhitni qaror toptirishga xizmat qiladi.

Yurtimizda, ayniqsa zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi negizida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy boʻlimlari ham tashkil etilgani bu boradagi eʼtiborga loyiq ishlardan biri boʻldi. Avvallari jamoatchilik asosida faoliyat yuritgan markaz tumanlararo muassasaga aylantirilganidan keyin davlat tomonidan moliyalashtirildi.

Ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy markazi va namunali tumanlararo markazlar faoliyat yuritmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining 4 ta tumani qamrab olingan markazdan biri Amudaryoda tashkil etilgan boʻlib, ayni paytda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlar koʻrsatib kelinmoqda.

Joriy yilning 3-iyun kuni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo namunali tumanlararo markazida oʻtkazilgan davra suhbatida hududiy boʻlim rahbari Sayyora Nosirova, tumanlararo markaz direktori Gavxar Chimbaychiyeva, ijtimoiy xodim Inkar Yesenova, tumandagi shahar maktablarining psixologlari hamda Ayollar daftari roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etishdi. 

Davra suhbatida masʼullar markaz faoliyati bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 829-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, ushbu Qonun bilan Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodekslarga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan tajovuzkorlarni javobgarlikka tortish orqali ayollarni oiladagi zoʻravonlikdan himoya qilish mumkinligi, endi jinsiy zoʻravonlikda ayblanganlar muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi, jazosi yengiliga almashtirilmasligi, jinsiy zoʻravonlikka uchragan shaxslarning yosh chegarasi bekor qilinganligi, jinoyatchining muayyan joylarga borishi taʼqiqlanishi, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlikni sodir etgan shaxslarning bolalarga taʼlim-tarbiya berishi, bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shugʻullanishi taʼqiqlanganligi, bundan tashqari, ularga nisbatan maʼlum miqdordagi jarimalar va qamoq jazolari ham belgilanganligi xususida toʻxtalib oʻtildi.

Davra suhbatidan keyin markaz faoliyatida yaqindan yordam berib kelayotgan umumtaʼlim maktablarining psixologlariga, jumladan, 27-sonli maktab psixologi Mavluda Toʻrayeva, 36-sonli maktab psixologi Shohista Abdullayeva, 87-sonli maktab psixologi Oʻgʻiljon Davlatovalarga hududiy boʻlim tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, tadbir soʻnggida Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar ishtirokida psixologik trening hamda ularning muammolari tinglanib, murojaatlari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi.

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Zero, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tazyiq va zoʻravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish boʻyicha saʼy-harakatlarni doimiy ravishda izchil amalga oshirish sodir etilayotgan zoʻravonlikning kamayishiga olib kelishi aniq.

Inson huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani natijasida oilaga, ayol zotiga boʻlgan munosabat oʻzgarib, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish hayotimizning maʼno-mazmuniga, asosiy maqsadiga aylandi. Ayol goʻzal boʻlsa – olam goʻzal, ayol baxtli boʻlsa – oila, butun jamiyat baxtli boʻladi. Bugun Oʻzbekistonda yashayotgan har bir ayol, chin maʼnoda baxtli. Zero, ularning huquq va erkinliklari qonunlar bilan mustahkamlangan.

Gavhar ChIMBAYChIYeVA, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo namunali tumanlararo markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019