ÖRTAQALʼA OVULIDA YaNGI OILAVIY NODAVLAT MTT FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
Örtaqalʼa ovulida “Dostonbek” nomli yangi oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti foydalanişga topşirildi.
1-iyun kuni uşbu muassasaning oçiliş marosimiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Tadbirda tuman hokimi örinbosarlari Gözal Soburova, Mahmud Şermetovlar, Maktab va maktabgaça taʼlim bölimi, fuqarolar yiğini masʼullari, ovul faollari iştirok etişdi. Tadbirda sözga çiqqan tuman hokimi örinbosari Gözal Soburova va boşqalar ovul aholisini, kiçkintoylarni Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni va yangi muassasa işga tuşirilgani bilan tabriklaşdi. Şuningdek, mamlakatimizda va tumanimizda maktabgaça taʼlim taşkilotlarining faoliyatini takomillaştiriş, bolalarni qamrab oliş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarga töxtalib ötişdi.
Taʼkidlaş lozimki, yurtimizda barça sohalarda bölgani kabi maktabgaça taʼlim tizimiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Maktabgaça taʼlim muassasalarining soni va sifatining yildan-yilga oşib borayotgani buning yorqin misolidir. Tumanimizda ham 3-7 yoşdagi bolalar soni 17 ming nafarga yaqin. Hozirgi kunda tumanda 130 tadan ziyod davlat, davlat xususiy şeriklikdagi va oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyat yuritmoqda. Uşbu maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab olingan bolalar soni esa 12 237 nafarni, yaʼni 72,7 foizni taşkil qiladi.
Marosimda tuman hokimligi, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi, fuqarolar yiğini masʼullari, ovul nuroniylari iştirokida maxsus lentalar qirqildi. Şundan söng, tadbir iştirokçilari yangidan işga tuşirilgan ikki qavatli maktabgaça taʼlim taşkiloti binosida bolajonlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdilar.
Taşabbuskor şu ovuldagi yakka tadbirkor Mavluda Madrahimovaning öz mablaği va tijorat bankidan olingan kredit hisobidan bunyod etilgan 50-öringa möljallangan zamonaviy tipdagi “Dostonbek” oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotining foydalanişga topşirilişi ovul kiçkintoylari uçun haqiqiy bayram tuhfasi böldi. Taşkilot iş boşlaşi natijasida hududdagi 50 nafar bolalarni maktabgaça taʼlimga jalb qiliş va 6 nafar işsiz xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaş imkoniyati yaratildi.
Şu kuni muassasaga 25 nafar kiçkintoy qabul qilindi. Yangi iş örinlari taşkil qilinib, 1 nafar oliy maʼlumotli tarbiyaçi, 1 nafar yordamçi tarbiyaçi, oşpaz, hamşiralar kiçkintoylar taʼlim-tarbiyasiga masʼul qilib qöyildi. Taşkilot rahbari tarbiyalanuvçilar soni 50 nafarga yetkazilganidan söng, muassasada yana yangi iş örinlari yaratilişini, işçilar olinişini maʼlum qildi. Tadbir iştirokçilarini kelgusidagi rejalari bilan ham taniştirib, uşbu maskanda bolajonlar uçun rus, ingliz tillari, musiqa, raqs, sanʼat, mohir qöllar va bir qator sport tögaraklari maşğulotlari muntazam yölga qöyilişini ham aytib ötdi.
Taşkilotda tarbiyalanuvçilarning taʼlim-tarbiya olişlari uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan. Maşğulotlar xonalari, dam oliş va ovqatlaniş xonalari, oşxona, hamşira xonasi zarur jihozlar bilan jihozlangan. Bu yerdagi bolalarga mos tarzda bezatilgan keng, yoruğ xonalar, öyin maydonçalari, yozgi ayvonçalar tadbir iştirokçilariga va ovul aholisiga juda manzur böldi.
Bayram kuni zamonaviy körinişdagi uşbu maskan işga tuşirilganidan, farzandlarining barça şart-şaroitlarga ega bölgan maskanda taʼlim-tarbiya olişiga imkoniyat yaratilganidan ovul aholisi nihoyatda xursand böldi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶