17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 20:59
Jamiyat 👁 386

11-SONLI MAKTAB JAMOASI HUDUD AHOLISI BILAN BIRGALIKDA NAVROʻZ BAYRAMINI NIShONLADI

11-SONLI MAKTAB JAMOASI HUDUD AHOLISI BILAN BIRGALIKDA NAVROʻZ BAYRAMINI NIShONLADI

Yurtimizga fayzu-tarovat baxsh etib, Navroʻzi olam tashrif buyurmoqda. Bu qutlugʻ va qadim bayramni butun elimiz katta xursandchilik bilan qarshi olmoqda. Ushbu bayram munosabati bilan hududlarda, korxona-tashkilotlar va taʼlim muassasalarida ham bayram tadbirlari boshlab yuborildi.

15-mart kuni Qipchoq shaharchasidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Xush kelding, oʻlkamga Navroʻz” deb nomlangan katta tadbir oʻtkazildi. Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Qunduzoy Xolmurodova boshchiligida tashkillashtirilgan ushbu bayram tadbiri munosabati bilan maktab hovlisi va foyesi bayramona bezatildi. Oʻquvchilar oʻzlari yasagan, bahor belgisi boʻlgan rang-barang gullar va sharlar hovliga yanada fayz baxsh etdi.

Shu kuni erta tongdan maktab hovlisiga katta doshqozon oʻrnatilib, milliy taomlarimizdan biri boʻlgan goʻja pishirishga harakat boshlandi. Maktab psixologi Dilnoza Shomurodova hamda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Erkinoy Yakubova bosh-qosh boʻlgan bu taom mehmonlar kelgunicha tayyor boʻldi.

Bayramga oʻqituvchi va oʻquvchilar, ularning ota-onalari, faxriy ustozlar, shaharcha aholisi tashrif buyurdi. Tadbir mehmonlarini hududdagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabining orkestr jamoasi bahoriy kuylar bilan qarshi olishdi. Mehmonlar bahoriy va milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxonga taklif etildi.

Bayram tadbirini maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Munira Kamolova olib bordi. Soʻzga chiqqanlar barchani Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etishdi. Shuningdek, xalqimiz orasida asrlar davomida katta shodu-xurramlik bilan nishonlanib kelayotgan ayyomning shukuhi oʻzgacha ekanligini taʼkidlashdi. Maktabda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, erishilayotgan yutuqlarni ham tilga olib oʻtishdi.

Tadbirda maktabning boshlangʻich va yuqori sinf oʻquvchilari, hududdagi 2-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, 21-sonli Bolalar sanʼat va musiqa maktabi havaskor-yoshlari tomonidan katta musiqiy dastur namoyish etildi. Bayram ishtirokchilari oʻzlarining bahor va Navroʻz haqidagi sheʼrlari, diltortar kuy-navolari hamda samimiy tabriklari bilan mehmonlarni xushnud etdilar. Kuy-qoʻshiqlar raqslarga ulanib ketdi. Maktabning oʻquvchi-qizlari oʻzlari kiyib kelgan milliy atlas va adras liboslarida, yigitlar esa oʻzlariga yarashgan doʻppilar, oq yaktagu-qiyiqchalar, beqasam choponlarda raqslar ijro etib, bayramga alohida shukuh, koʻtarinki kayfiyat bagʻishlashdi. Dasturdan oʻrin olgan oʻquvchilar ishtirokidagi laparlar, milliy oʻyinlar hamda umrboqiy urf-odatlarimiz aks etgan sahna koʻrinishlari barchaga manzur boʻldi.

Tadbir davomida maktabning oʻquvchi va oʻqituvchilari tomonidan bezatilgan bayramona dasturxondagi milliy taomlar tatib koʻrildi. Mehmonlarga shu yerning oʻzida hamjihatlikda tayyorlangan milliy taom goʻja ham tortildi. Yoshu-qari xursandchilikda, tinchlik-omonlikda qarshi olinayotgan ushbu kunlarga shukronalar aytib, elu-yurtga osoyishtalik, qut-baraka tilashdi. Navroʻzning insonlarni hamjihatlik, birdamlikka chorlovchi ezgu sifatlari haqida soʻz yuritishdi.

Navroʻz ana shunday ulugʻvor va koʻtarinki ruhda oʻtadigan sevimli bayram. Uning tashrifi kattayu kichikka birdek xursandchilik ulashadi. Bayramga tashrif buyurgan mehmonlar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar yuz-koʻzida bahoriy kayfiyat ufurib, koʻngillar bilan birga chehralar ham yoshargandek boʻldi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026