Nukus Harbiy prokuraturasi taşabbusi bilan “Inson qadri – oliy qadriyat” tamoyili asosida sayyor qabul bölib ötdi
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi Qurolli Kuçlarda va harbiy tuzilmalarda qonunlarga rioya etilişini nazorat qiladi. Mazkur organ tomonidan mamlakatimiz suverenitetini mustahkamlaş, mudofaa salohiyatini oşiriş, harbiy xizmatçilarning va oila aʼzolarining huquqlarini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli köplab murojaatlar adolatli hal etilmoqda. Xususan, faqat 2022-yilning özida mamlakatimizda Özbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga murojaat yöllagan 2 mingga yaqin fuqarolarning murojaatlari körib çiqilib, 254 tasi qanoatlantirilgan. Şuningdek, sayyor qabullarda 3 ming 200 nafar şaxs qabul qilinib, aniqlangan muammolarini hal etiş çoralari körilgan.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasidan kelib çiqib, harbiy tuzilmalarda ham inson qadri ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Harbiy xizmatçilarning huquq va manfaatlari, ijtimoiy himoyasi taʼminlanişi, ularning oilaviy xotirjam yaşaşi alohida nazoratga olingan.
Joriy yilning 10-mart sanasida Nukus Harbiy prokuraturasi taşabbusi bilan 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi, Qoralpoğiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, Milliy gvardiya Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi, Amudaryo tumani mehnat va bandlikni taʼminlaş hamda Xalq taʼlimi bölimlari bilan hamkorlikda “Inson qadri – oliy qadriyat” tamoyili asosida sayyor qabul ötkazildi.
Sayyor qabulda Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi, Milliy gvardiya qöriqlaş bölimi, Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi şaxsiy tarkibi va xodimlari, şuningdek, isteʼfodagi harbiylar hamda ularning oila aʼzolari, OAV vakillari iştirok etdilar.
Sayyor qabul davomida 71 nafar harbiy xizmatçi va ularning oila aʼzolarining turli masalalar böyiça murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat soha mutaxassislari tomonidan batafsil örganilib, şulardan 1 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. 14 ta murojaat tajribali huquqşunoslar tomonidan örganilib, murojaat egalariga tegişli huquqiy maslahatlar, zarur tuşunçalar berildi. 11 ta murojaat ham batafsil örganişlar orqali qanoatlantirildi.
“Inson qadri – oliy qadriyat” tamoyili asosida ötkazilgan sayyor qabul davomida soha mutaxassislari tomonidan “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş – jamiyat ravnaqini taʼminlaşdir” mavzusida tarğibot tadbiri ham ötkazilib, jamiyatimizda çuqur ildiz otgan korruptsiyaga barham berişda huquqni muhofaza qiliş organlari bilan xalqning hamkorligi muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Tarğibot tadbiri davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilişib, mutaxassislar tomonidan havola etilgan biri-biridan qiziqarli javoblar orqali bu borada keng va mazmunli tuşunçaga ega böldilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶