TALABÇAN RAHBAR,MEHRIBON ONA
Qipçoq ovulidagi 20-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti öz faoliyatini boşlaganiga endi 2-yil böldi. Ayni paytda bu dargohda 305 nafar kelajagimiz vorislari taʼlim va tarbiya olişmoqda.
Uşbu taʼlim muassasasida bolajonlarni jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy jihatdan kamol toptiriş va ularning soğliğini muhofaza qiliş, erkin fikrlaş, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş, ahloqiy va maʼnaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalaş borasida köplab samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Muassasa direktori Sanobar Xöjayeva rahbarlik faoliyatini boşlagan ilk kundanoq, 40 nafar işçi xodim bilan xuddi bir oiladek birdam va ahil-inoqlikda faoliyat yuritib kelmoqda. Uşbu xodimlarning 18 nafarini malakali pedagog xodimlar taşkil etib, ular tomonidan olib borilayotgan maşğulotlarning sifat va samarasi alohida nazorat qilib boriladi.
Işda nihoyatda talabçan, har bir xodimdan katta masʼuliyatni talab etuvçi muassasa mudirasi S.Xöjayeva oila, farzandlar tarbiyasida ham xuddi şunday.
Turmuş örtoği Suhrob Bobojonov bilan 2 nafar farzandni tarbiyalab, oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazayotgan ona öz rahbarligidagi mussasasadagi bolajonlarni ham xuddi öz farzandlaridek köradi. Ularning taʼlim-tarbiya olişi, ovqatlanişi, xulq-atvori doimo mudiraning nazoratida böladi.
– Yoşligimdan bolalar bilan işlaşni xuş körardim. Ular bilan işlaş menga özgaça zavq bağişlaydi. Ertalab işga kelganimda bolalarning beğubor kulgularini, şöx-şodon qiyqiriqlarini eşitib, barça taşvişlarni unutaman. Kelajagimiz egalarini tarbiya qilişdek ezgu işga men ham öz xissamni qöşayotganimdan mamnun bölaman, – deydi, S.Xöjayeva.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶