15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 18:59
Jamiyat 👁 187

QILIChBOY OVULIDA SUMALAK SAYLI OʻTKAZILDI

QILIChBOY OVULIDA SUMALAK SAYLI OʻTKAZILDI

Oʻlkamizga fasllar kelinchagi boʻlgan bahor tashrif buyurishi bilan yoshi ulugʻ onaxonlar, kayvoni ayollar sumalak sayllarini boshlab yuborishadi. Sumalak sayli – Navroʻz bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga esh boʻlgan tadbirdir. Sumalak Navroʻzning shoh taomi hisoblanib, xushxoʻr va tansiq taom hisoblanadi.

Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalarda ham qadimdan birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan sumalak sayllari boshlab yuborildi. Xuddi shunday tadbir Qilichboy ovulida ham boʻlib oʻtdi.

Ovuldagi 83-sonli maktabda boʻlib oʻtgan ushbu sumalak saylida maktab jamoasi bilan birga ovul ayol-qizlari ham faol ishtirok etdilar. Erta tongdan maktab hovlisiga katta doshqozonlar keltirildi. Oʻtinlar gʻamlanib, suvlar keltirildi, qizlar va kelinchaklar tekis unib chiqqan bugʻdoy maysalarini keli-kelisoplarda tuyib, onaxonlarga yetkazib berib turishdi.

Ularga bugʻdoyni maromiga yetkazib undirgan maktabdagi yoshi katta ayollardan biri boʻlgan Sayyora opa Yoʻldosheva boshchilik qildi. Qozon qaynagunicha Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Sohiba Sobirova hamda maktab direktori Dilafroʻz Ismoilovadan boshlab, maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari Anorgul Xolimbetova, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Muhayyo Oʻrozmetova, oʻqituvchilar Muqaddas Ollaberganova, Gulandom Shomurodova hamda maktabning boshqa oʻqituvchilari, oʻquvchilar barcha-barchasi faol qatnashishdi. Qozonga bugʻdoy shirasi quyilib, bir maromda qaynay boshlagach, bahoriy kayfiyat boshlangan sumalak sayli oʻyin-kulgularga ulanib ketdi.

Biz bilamizki, asrlar osha yashab kelayotgan sumalak sayli kabi milliy qadriyat va anʼanalarimiz xalqimizning qadim tarixi va ruhiyati bilan chambarchas bogʻliq. Ushbu goʻzal udumlarda tabiatdagi oʻzgarishlar, fasllar almashinuvi, eʼtiqodiy qarashlar va ajdodlarimiz koʻnglidan kechuvchi his-tuygʻular oʻzining ifodasini topgan. Hozirgidek qadimda ham sumalakni asosan ayollar tayyorlashgan. Sumalak tayyorlashni oʻziga xos marosim qilib oʻtkazishgan. Qozon atrofida suhbatlar qurilib, hikoyalar, ertaklar, rivoyatlar va latifalar aytilgan.

Shu kuni qilichboyliklar ham taom tayyor boʻlguncha qoʻshiqlar kuylab, raqslarga tushishdi, laparlar aytib xursandchilik qilishdi. Yoshi ulugʻlardan turli rivoyatlar tinglab, ertalabgacha boʻlgan vaqtlarini mazmunli oʻtkazishdi. Qoʻni-qoʻshnilar bilan birgalikda taom pishirib, bir qozonda tayyorlangan ovqatni hammalari baham koʻrishdi.

Sayilga kelganlar uchun maktabda betakror isteʼdod sohibasi, joʻshqin va sermazmun ijotkor, hamisha porloq yulduz Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bagʻishlangan tadbir ham tashkil etildi. Atoqli shoira tavalludiga bagʻishlangan "Hamisha porloq yulduz" nomli ushbu davra suhbati va adabiy-badiiy kecha davomida maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilari shoira hayoti va ijodi haqida soʻzlab berdilar. Oʻquvchilar shoiraning sheʼrlaridan namunalarni chiroyli, ifodali aytib, barchaga yanada koʻtarinki kayfiyat baxsh etishdi. Mazmunli oʻtgan tadbir hammaga juda manzur boʻldi.

Maktab hovlisida tashkil etilgan sumalak sayli esda qolarli, taassurotlarga boy tarzda oʻtdi. Sumalak koʻpchilikning mehnati bilan maromiga yetib, juda shirin boʻlib pishdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019