ORZUIM - VATANGA XIZMAT QILISh
Esimda, bolalik paytlarimizda joʻralarim bilan "Askar-askar” oʻynardik. Men shunday vaqtlarda haqiqiy askarga aylanib qolishni, egnimga harbiy libos kiyib, Vatanimga xizmat qilishni judajuda istardim. Ovulimizda harbiy xizmatdan qaytgan askarlarning bosh kiyimini soʻrab borgan vaqtlarim ham boʻlgan.
Bu orzularim meni ulgʻayganimda ham tark etmadi. Shuning uchun Chirchiq oliy harbiy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtiga oʻqishga kirdim. Oʻqishim jarayonida qanday masʼuliyatli va sharafli sohani tanlaganimni yanada chuqurroq angladim. Anglaganim sayin oʻquv va amaliy mashgʻulotlarni chuquroʻzlashtirishga, malakali harbiy mutaxassis boʻlib yetishishga intilishim ortdi.
Oliy harbiy bilim yurtlarining kursantlari uchun joriy etilgan tartib-intizom va qoidalar bizni yanada chiniqtiradi, ona yurtimizning daxlsizligini taʼminlash yoʻlida astoydil xizmat qilishga undaydi.
Dars va amaliy mashgʻulotlar, jismoniy chiniqish mashqlari bilan band boʻlsam-da, oilam, ota-onam, tugʻishganlarim, qarindoshlarim va odamlarining koʻngli toza, mehnatkash Kuyuk koʻpir ovulimni juda-juda sogʻinaman, xayolan bolaligim oʻtgan koʻchalarni kezaman. U yerdagi obodlik, yuksalishlardan koʻnglim togʻday koʻtariladi.
- Otajon, onajon, jondan aziz ovuldoshlarim! Sizlarning koringizga yarash uchun hayotimni harbiylik bilan bogʻladim, – deyman.
Ha, Vatanimga xizmat qilish - mening eng ulkan orzuim.
Nizomjon OʻROZBOYeV,
Chirchiq oliy harbiy tank
qoʻmondonlik-muhandislik

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶