BOʻZ YoP OVULIDA “OBOD MAHALLAM” NOMLI GRANT LOYIHASIGA KOʻRA OʻQUV-SEMINAR OʻTKAZILDI
Fuqarolar yigʻinlari huzuridagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida Boʻz yop ovulida oʻquv-seminar oʻtkazildi.
31-yanvar kuni 10-sonli umumtaʼlim maktabi binosida boʻlib oʻtgan mazkur oʻquv-seminarda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi Bahodir Boltaboyev, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi Bahriddin Toʻraboyev, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi tuman boʻlimi xodimlari va Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi shifokorlari qatnashishdi.
Shuningdek, yigʻilishda Boʻz yop va Xitoy ovullari, hududdagi boshqa fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalari raislari, faollari ham ishtirok etishdi.
Taʼkidlash joizki, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasining “Obod mahallam” nomli grant loyihasi ish rejasiga muvofiq fuqarolar yigʻinlari huzuridagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida turli tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va chek qoʻyishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga hissa qoʻshish kabi maqsadlar koʻzlangan.
Loyihaga koʻra hududlarda shu maqsaddagi uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar tashkil qilinmoqda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda jamoatchilik ekologik nazorati amalga oshirilmoqda, aholining ekologiyaga oid bilimlari kengaytirilmoqda. Shuningdek, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, atrof-muhit muhofazasiga hissa qoʻshish kabilar borasida taklif va tavsiyalar berilib borilmoqda.
Oʻquv-seminar davomida grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan shu kabi ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari keng tushuntirildi hamda masalaga oid bukletlar tarqatildi.
Seminarda ishtirok etgan ovul va mahallalar fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, tabiiy resurslarni tejashga daʼvat qilish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirishga doir tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish zarurligini, bu muhim ahamiyat kasb etishini aytib oʻtdilar. Shuningdek, bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan tegishli javoblar ham oldilar.
Bahor fasli yaqinlashayotgani bois seminarda “Yashil makon” umumilliy dasturi doirasida hududda “Mahalla bogʻi”ni yaratish, ushbu bogʻda iqlimga mos boʻlgan daraxtlar koʻchatlarini parvarishlash boʻyicha ham maslahat va tavsiyalar berildi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶