17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 23:51
Jamiyat 👁 294

OʻTGAN YILI TUMAN DXM TOMONIDAN 60105 TA DAVLAT XIZMATI KOʻRSATILGAN

OʻTGAN YILI TUMAN DXM TOMONIDAN 60105 TA DAVLAT XIZMATI KOʻRSATILGAN

Yurtimizning barcha hududlarida davlat xizmatlari markazlari jadal surʼatlarda rivojlanib, koʻrsatiladigan xizmatlar soni ham tobora ortib bormoqda. Mazkur sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik tizimi oʻrnatilib, davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida elektron hujjat aylanishi tartibi joriy qilingani, soddalashtirilgan holda tezkor davlat xizmatlari koʻrsatilayotgani natijasida fuqarolar va tadbirkorlarga juda katta qulayliklar yaratilmoqda.

Amudaryo tumanida ham Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oʻtgan yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar 60105 ta davlat xizmatidan foydalanishgan. Shuningdek, 355 ta yuridik korxonalar, 1276 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar yangidan, 280 ta yuridik korxonalar, 56 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar esa qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Ushbu davr mobaynida koʻrsatilgan sayyor tartibdagi davlat xizmatlari soni 3338 tani tashkil qiladi. Davlat xizmatlari markazining Xitoy filiali orqali ham 5613 ta davlat xizmati koʻrsatilgan.

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabr kungi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi tegishli Qarori bilan tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo boʻlimlarida qayd etish tartibi 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali arizalarni qabul qilish boʻyicha esa Sirdaryo viloyatida huquqiy eksperiment oʻtkazilmoqda. Ushbu huquqiy eksperiment 2022-yilning 1-noyabridan boshlangan boʻlib, 2023-yilning 1-iyulga qadar amalga oshiriladi.

Taʼkidlash joizki, jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni yil sayin ortib, takomillashib bormoqda. Oʻtgan yil davomida elektron raqamli imzo kalitlarini berish – 15 ming 255 ta, kadastr sohasiga oid xizmatlar – 12 ming 684 ta, bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish – 8 ming 965 ta, narkologiya va ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishda – 5 ming 948 ta, sudlanmaganlik yoki sudlanganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishda – 1 ming 602 ta, elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni berishda – 1 ming 495 ta davlat xizmatlaridan foydalanilgan.

Mamlakatimizda aholi va tadbirkorlik subʼektlariga shaffoflik, qulaylik va soddalashtirilgan holda tezkor davlat xizmatlari koʻrsatish maqsadida bugungi kunda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari soni tobora ortmoqda. Joriy yilda ham fuqaro eʼtibor markazida tamoyili asosida tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ayni paytda tuman Davlat xizmatlari markazi orqali koʻrsatilayotgan barcha xizmatlardan tumanimiz aholisi va tadbirkorlar juda mamnun.

Umida Saparboyeva, tuman DXM xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026