TUMAN HUDUDIDAGI OVUL VA MAHALLALAR ÇEGARALARI BELGILANDI
Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali tomonidan yuridik va jismoniy şaxslarga tegişli jami 45302 ta köçmas mulk obʼekti, yaʼni 42051 ta turar joy, 3251 ta noturar joy obʼektlari hisobga olingan.
Şundan 33205 ta köçmas mulk obʼektlarining huquqni tasdiqlovçi xujjatlari bölib, 25789 ta köçmas mulk obʼektlariga kadastr hujjatlari tayyorlangan va davlat röyxatidan ötkazilgan.
Huquqni tasdiqlovçi hujjati mavjud bölgan 7416 ta köçmas mulk obʼektlarini davlat röyxatidan ötkaziş böyiça 2022-yil 16-noyabr kunidan boşlab, 3 oylik rejaviy jadval tuzilib, hozirda röyxatdan ötkaziş işlari amalga oşirilib kelinmoqda.
Prezidentning 2022-yildagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlaş va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarorining 4a-bandida 2023-yil 1-yanvarga qadar Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi Kadastr agentligi bilan birgalikda har bir mahallaning aniq çegaralari belgilanişini hamda Davlat statistika qömitasi bilan birgalikda mahallalarning yagona klassifikatori işlab çiqilib, Davlat statistika qömitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinişini taʼminlaş körsatilgan edi.
Mazkur Qarorga asosan tumandagi 16 ta ovul, 31 ta mahalla va 2 ta şaharçalarning çegaralari belgilandi.
Ovul va mahallalarining çegaralari amaldagi qonunçilik hujjatlariga, tegişli vakolatli taşkilotlar körsatmalariga, şuningdek, çegara çiziği davlatlararo çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça mavjud tasniflarga asoslangan holda belgilandi.
Iş jarayonida tayyorlangan har bir xaritadagi holatga aloqador bölgan, yaʼni ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari bilan çegaradoş bölgan fuqarolar yiğinlari raislari bilan kelişildi, yuzaga kelgan tuşunmovçiliklar bölgan taqdirda ular asoslab berildi.
Ş.Sultanov, Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶