AYoL-QIZLAR DAVLATIMIZNING DOIMIY EʼTIBORIDA
Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda.
2022-yilda “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga barcha hududlardan 3810 nafar xotin-qizlar kiritilgan boʻlib, shu kungacha ularning 3803 nafariga tegishli yordamlar koʻrsatildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ehtiyojmand xotin-qizlardan 1208 nafarining bandligi taʼminlandi. Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 401 nafar xotin-qizlarga 4 mlrd. 559 mln. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratildi. Boquvchisi boʻlmagan 907 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 906 nafariga “Ayollar jamgʻarmasi” tomonidan BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordamlar koʻrsatilib, 1 mlrd. 87 mln. 200 ming soʻm mablagʻ sarflandi. Homiylik mablagʻlari hisobidan uy-joy taʼmiriga muhtoj 87 nafar xotin-qizlarning uy-joyi taʼmirlandi.
Undan tashqari, 218 nafar xotin-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlandi. Shuningdek, mahallalarda tashkil etilgan oʻquv maskanlari hamda 2-sonli kasb-hunar maktabida 345 nafar ishsiz xotin-qizlar qayta kasbga oʻqitildi, 16 nafar xotin-qizlarning kontrakt pullari toʻlab berildi.
Daftar roʻyxatidagi 300 nafar xotin-qizlar Xiva, Buxoro, Samarqand shaharlaridagi tarixiy maskanlarga sayohatlarga jalb etildi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga muntazam ravishda psixologik, huquqiy hamda tibbiy yordamlar koʻrsatib kelinmoqda. Shu bilan birga Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi hamda mahallalardagi “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasiga murojaat qilgan, ajrim yoqasiga kelib qolgan 116 ta oilalarning 113 tasini yarashtirishga erishildi. Bilib-bilmay jinoyat yoʻliga kirgan 3 nafar xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar boʻlimining kafilligi asosida qamoq tarzidagi jinoiy jazodan saqlab qolindi va sogʻlom turmush tarziga qaytarildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida Oila va xotin-qizlar boʻlimi huzurida tashkil etilgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da 495 nafar yosh oilalar oʻqitilib, sertifikatlar topshirildi.
Jamiyat taraqqiyoti, siyosiy, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi ayollarga, yoshlarga, oilaga boʻlgan munosabat va eʼtibor bilan bogʻliq. Shu bois, kelgusida ham ayollar bilan bogʻliq masalalar barchamizning doimiy eʼtiborimizda boʻladi.
Goʻzal Saburova, tuman hokimi oʻrinbosari,
Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶