MUDDATLI HARBIY XIZMATGA ÇAQIRILUVÇILAR SARALANMOQDA
Konstitutsiyaning 52-moddasida "Özbekiston Respublikasini himoya qiliş - Özbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burçidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy xizmatni ötaşga majburdirlar", deb belgilab qöyilgan. Şunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “Çaqiriluvçilarni tanlab oliş töğrisida”gi Qarori asosida tumanimizda 2023-yilgi harbiy xizmatga çaqiriluvçilarni saralab oliş maqsadida tanlov tadbirlari bölib ötmoqda.
Muddatli harbiy xizmatga (bir yillik xizmat) tanlov tadbirlari 2022-yilning 15-avgust kunidan boşlandi va jarayon 2023-yilning 10-fevral kuniga qadar davom etadi. Tanlov tadbirlarida 18 yoşdan 27 yoşgaça bölgan, harbiy xizmatni ötamagan yigitlar qatnaşişlari lozimdir.
Tanlov tadbirlarida qöyilgan sinovlardan muvaffaqiyatli ötgan aqlan va jismonan soğlom yigitlar muddatli harbiy xizmatga jönatiladi.
Tanlov 3 ta yönalişda olib boriladi. Dastlab çaqiriluvçilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi baholanadi. Şundan söng, yakka tartibda suhbat ötkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat davomida çaqiriluvçining mahalla va jamiyatda tutgan örni, oilaviy ahvoli, obrö-eʼtibori, yuriş-turişi, qiziqişlari, yurtimiz tarixi, buyuk sarkardalar, ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga oid bilimlari sinovdan ötkaziladi. Tanlovning yakuniy bosqiçida tibbiy körikning yakuniy xulosasiga köra, jismonan va maʼnan yetuk yigitlar muddatli harbiy xizmatga yuboriladi.
Mazkur tanlovda qatnaşmagan çaqiriluvçilar Safarbarlik çaqiruv rezervi (bir oylik harbiy xizmat) xizmatiga tayinlanadilar.
Ayni kunlarda tuman Mudofaa işlari bölimining safarbarlik çaqiruv bölinmasi tomonidan Qurolli Kuçlarimiz safini jismonan baquvvat va maʼnan yetuk çaqiriluvçilar bilan töldiriş maqsadida tanlov tadbirlari olib borilmoqda.
F.Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶