VATAN HIMOYaÇILARI KUNIGA BAĞIŞLANGAN TADBIRLAR ÖTKAZILDI
Xalqimiz tinçligi, osoyiştaligini köz qoraçiğiday asrayotgan armiyamiz nufuzi va obrösi tobora oşib bormoqda. Har yili masʼuliyatli soha xodimlari bayrami 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kunini munosib nişonlaş anʼanaga aylangan.
Sana munosabati bilan tumanimizda ham turli tadbirlar ötkazilmoqda, faxriy harbiy xizmatçilar bilan uçraşuvlar taşkil etilmoqda va Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari jangovar qobiliyati tobora kuçayib, har qanday tahdidlarni bartaraf eta oladigan mustahkam körğonga aylangani munosib eʼtirof etilmoqda.
Şu yilning 7-yanvarida Tölqin ovulida ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida ovul yoşlari yetakçisi Fozilbek Qurbonboyev taşabbusi bilan “Vatan himoyasi – muqaddas burç” deb nomlangan tadbir bölib ötdi. Unda hududdagi maktablar çaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani öqituvçilari Töliboy Yöldoşev, Nodir Hayitboyevlar, zahiradagi podpolkovnik Bahodir Otamurodov, “Temurbeklar maktabi” tarbiyalanuvçisi Alibek Örozboyevlar va ovulning faol yoşlari iştirok etdilar.
Tadbirda mehmonlar Vatan himoyasi muqaddas burç ekanligi, Vatan xizmatiga şay böliş uçun ham maʼnan, ham jismonan yetuk bölmoq lozimligini taʼkidladilar, harbiy sohadagi faoliyatiga doir qiziqarli voqealardan gapirib berdilar.
Tadbirda yoşlar ularga özlarini qiziqtirgan savollarni berib, javoblar oldilar.
***
Şu yilning 9-yanvarida Arna böyi mahallasida joylaşgan 27-sonli maktabda mahalla yoşlar yetakçisi Şahzod Nuratdinov taşabbusi bilan 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuniga bağişlab yuqori sinflar öquvçilari örtasida “Posboniman muqaddas yurtning” degan mavzuda inşolar tanlovi ötkazildi.
Tanlov iştirokçilari öz ona yurtini sevişini, koriga yaraş uçun, elga nafi tegadigan inson bölib voyaga yetiş uçun qunt bilan öqib-örganayotganliklarini, şuningdek, sport bilan muntazam şuğullanib jismonan yetuk bölişga intilayotganliklarini ravon va öqişli tarzda bayon etişgan.

Hakamlar hayʼati aʼzolari qaroriga köra T.Jiyamurodova, R.Safarboyeva, S.Ğofurova, U.Aşirboyevalarning yozgan inşolari eng badiiy jihatdan pişiq, mazmunli deb topildi.
Tanlov ğoliblari rağbatlantirildi.
Sevara Ismoilova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶