BARÇA BUNYoDKORLIK IŞLARI XALK FAROVONLIGI UÇUN
Tarixga muhrlanayotgan 2022-yilda Amudaryo tumani hududida barça manbalar hisobidan 77 ta obʼektda qiymati 112,7 mlrd. sömlik quriliş-taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan bölib, investitsiya dasturi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Qarorlari ijrosini taʼminlaş maqsadida 7 ta obʼektda quriliş-taʼmirlaş işlari muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda. Investitsiya dasturi doirasida "Manğit arna" kanalining 4,8 km. qismini rekonstruktsiya qiliş böyiça işlar sifatli davom ettirilmoqda. Şuningdek, uşbu dastur doirasida 18-sonli, 36-sonli, 56-sonli, 39-sonli maktablar binolari töliq rekonstruktsiya qilindi. 17,5 km. uzunlikdagi içimlik suvi tarmoğini tortiş işlari nihoyasiga yetkazildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturiga köra, tumanda umumiy qiymati 40 mlrd. 321,9 mln. sömlik bölgan 7 ta obʼektda quriliş-taʼmirlaş va rekonstruktsiya qiliş işlari belgilangan edi. Mazkur dastur doirasida 28-sonli MTT, 14-sonli, 55-sonli, 76-sonli maktablar töliq rekonstruktsiya qilindi va loyiha qiymati 14 mlrd. 237,8 mln. sömlik 90-örinli yangi tuğruqxona binosini quriş hamda loyiha qiymati 2 mlrd. 252,9 mln. söm bölgan Manğit şahrining Barkamol avlod, Jumurtov, Tadbirkorlar, Şifokorlar va Xalqlar döstligi köçalarida Salomatlik yölakçalarini barpo etiş işlari jadal surʼatlarda davom ettirilmoqda.
Tumanda aholini uy-joy bilan taʼminlaş maqsadida Manğit şahrining Farovon MFY hududida 2022-yil davomida buyurtmaçi taşkilotlar tomonidan 6 ta, tadbirkorlar tomonidan 4 ta, har birining qiymati 5,5 mlrd. sömlik, jami 10 ta köp qavatli turar joylar quriş rejalaştirilgan bölib, mazkur hududdagi quriliş işlari sifatli davom ettirilmoqda.
Joriy yilda “Osiyo taraqqiyot banki” mablağlari hisobidan 33,41 mln. dollarlik 3 ta suv taqsimlaş inşootini quriş va rekonstruktsiya qiliş hamda 291 km. uzunlikdagi içimlik suv magistral va içki tarmoqlarida rekonstruktsiya qiliş işlari amalga oşirilmoqda.
“Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturi böyiça 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy muammolari eng köp bölgan hududlar örganib çiqilib, Ayoqçi mahallasi va Tölqin ovuli mazkur dasturlarga kiritildi va uşbu hududlarda keng qamrovli quriliş-taʼmirlaş, rekonstruktsiya işlari amalga oşirilib, yangi aloqa liniyalarini tortiş işlari davom ettirilmoqda.
Tumanda amalga oşirilayotgan jamiki bunyodkorlik işlari xalq farovonligini taʼminlaşga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.
N.Kamolov, tuman hokimi örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶