Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasi töğrisida
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasida sud tizimi oldiga salmoqli vazifalar qöyildi.
Murajatnama nizam ustinligin tamiynleö ham sud huqiq taraöin jedellestiriödi izbe iz daöam yettiriöge ayriqşa itibar berildi. Inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanişi lozimligi taʼkidlandi.
Qayd etiş kerakki, odil sudlov borasida amalga oşirilayotgan islohotlar zamirida, avvalo, inson qadrini uluğlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlaş kabi ustuvor vazifalar yotadi.
Şu örinda davlatimiz rahbari tomonidan sud qarorlarining barqarorligini taʼminlaş masalasi bugungi kunda eng dolzarbligi yana bir bor qayd etildi.
Murojaatnomada aynan odamlarning joylarda sudma-sud sarson bölib yurişlariga barham berilişi maqsadida amaldagi sud qarorlarini qayta köriş tizimini tubdan takomillaştiriş zarurligi aytildi. Buning uçun, albatta, adolatli hukm va qaror çiqariş böyiça viloyat sudlarining vakolati ham, masʼuliyati ham oşiriladi.
Davlatimiz rahbari tintuv ötkaziş, telefon sözlaşuvini eşitiş va mulkni xatlaşga sanktsiyani prokurordan sudga ötkaziş masalasiga eʼtibor berganini alohida taʼkidlaş lozim. Heç mubolağasiz aytiş mumkinki, bu xususiy mulk daxlsizligini kuçaytiriş yölida ilğor va dadil qadam böladi. Bundan buyon mulk huquqini çeklaşga oid har qanday harakat faqat sud orqali böladi.
Davlatimiz rahbari maʼmuriy sudlar faoliyati haqida söz yuritib, ularga hokim qaroridan norozi bölib murojaat qilingan taqdirda, işlarni eksterritorial tartibda, yaʼni boşqa hududda ham köriş amaliyotini joriy qilişni belgilab berdi.
Bundan taşqari, sud hujjatlari ijro etilişini taʼminlaşga qaratilgan taʼsirçan mexanizmlarni joriy etiş, insonparvarlik tamoyillari asosida
qonunçilikni takomillaştiriş siyosatini davom ettirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, tergov ustidan sud nazoratini kuçaytiriş, advokatning vakolatlarini, şu jumladan, dalillarni töplaş va taqdim etiş vakolatlarini kengaytiriş, tomonlarning tenglik va tortişuv tamoyillarini, sud iş yurituvida tortişuv printsipini amalda taʼminlaş ikoniyatlarini yaratiş haqida töxtalib ötildi.
Sud sohasiga oid ustuvor vazifalar va bizning oldimizga qöygan maqsadimiz jamiyatda qonun hamda adolat ustuvorligini taʼminlaş orqali inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilişga qaratilgan.
Buning uçun odil sudlov sohasidagi mavjud muammolarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etişimiz va uşbu vazifalarni masʼuliyat bilan bajarişimiz lozim.
Sud tizimida amalga oşiriladigan işlar, yangi islohotlar odil sudlov sifatini oşirişga, bu esa fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga, şuningdek, mamlakatimizning rivojlanişiga xizmat qiladi, deb işonaman.
Şuning uçun buni amalda taʼminlaş uçun barça imkoniyatlarni işga solamiz. Oldimizda turgan ulkan vazifalarni tölaqonli bajariş nafaqat sud rahbariyati, balki har bir sudya, xodimdan katta masʼuliyat talab qilişi nuqtai nazaridan faoliyatimizni yanada kuçaytiramiz.
A.Saliyev, Nukus tumanlar aro maʼmuriy sudi sudyasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶