TOŞ YoP OVULIDA UÇ AVLOD UÇRAŞUVI TADBIRI TAŞKIL ETILDI
Joylarda keksa va örta avlod vakillari hamda yoşlar iştirokidagi “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari davom etmoqda. Uşbu uçraşuvlarda nuroniylarning ibratli hayot yöli, turli sohalarda faol bölgan örta yoşlilarning fidoyiliklari hamda şijoatli yoşlarning yutuqlari tilga olinib, barçaga örnak sifatida körsatilmoqda.
17-dekabr kuni Amudaryo tumanining Toş yop ovulida ham hududdagi nuroniylar, örta avlod vakillari va yoşlar iştirokida şunday tadbir ötkazildi. “Manas” kafesida ötkazilgan uşbu tadbirda tuman Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Ğulomjon Duysenboyev, fuqarolar yiğini raisi Gulşod Sobirova, ovul hududidagi “Bekman Allaberganov” fermer xöjaligi rahbari, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati Ilhom Polvonov, keng jamoatçilik vakillari qatnaşişdi.
Tadbir davomida bugungi kunda yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, bunyodkorliklar, özgarişlar eʼtirof etildi. Şu örinda keksalarning tajribasi yoşlar uçun hayot maktabi ekanligi, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoşlarning şijoati bilan birlaşsa, jamiyatni rivojlantiruvçi kuçga aylanişi, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yoş avlodga yetkazişda keksa avlod vakillarining alohida örni borligi taʼkidlab ötildi.
Oçiq dasturxon atrofida ötkazilgan tadbirda iştirok etgan ovul nuroniylari Kengaş ota Kaliyev, Quronboy ota Otajonov, Maqsad ota Safarboyev hamda mahalla imomi Gulmirza ota Davletov, fuqarolar yiğinining keksalar masalalari böyiça maslahatçisi Karimboy aka Rajabovlar ham mamlakatimizda barça sohalarda islohotlar jadal suratlarda davom etayotgani, bu yangilaniş va özgarişlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotdan rozi bölib yaşaşlari uçun xizmat qilayotgani haqida sözlaşdi.
Uzoq yillar qişloq xöjaligida mehnat qilgan onaxonlardan Xuşröy Rahimova, “Buvijonlar maktabi” aʼzosi Ortiqgul Yeşçanova, ovul faoli Gulora Qurbonboyevalar ham öz hayotiy tajribalari, bosib ötgan ibratli umr yöllarini qiziqarli va jonli tarzda maroq bilan hikoya qilişdi. Şuningdek, davlatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar haqida gapirib, erişilayotgan barça yutuqlar köplab fidoiy insonlarning maşaqqatli mehnati samarasi ekanligini taʼkidlaşdi.
Uçraşuvda yoşlar ham sözga çiqib, istiqlol katta imkoniyatlar, imtiyozlar eşigini keng oçib berayotgani, uşbu imkoniyatlardan töğri va oqilona foydalanib, Vatan ravnaqi, yurt farovonligi uçun hissa qöşiş kerakligini aytib ötişdi. Bu yölda uluğ yoşli avlodning xayrli va namunali hayot yölini dasturilamal qilib körsatiş, ularning tajribalaridan örnak olişdek ezgu maqsadlarni özida mujassam qilgan bu kabi tadbirlar özlari uçun çinakam mahorat maktabi vazifasini ötaşini eʼtirof etişdi.
Tökin dasturxon atrofida samimiy tarzda ötgan tadbirda mahallada keksalarning örnini yanada oşiriş, yoşlarga har jihatdan namuna böliş, şuningdek, soğlom turmuş tarziga amal qiliş kabilar masalalarda ham fikrlar bildirildi.
Tadbirga taşrif buyurgan mehmonlarga milliy taomimiz palov ham tortildi va nuroniylarga esdalik sovğalari topşirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶