YoSh OILALARGA QOʻShIMChA UY-JOY QURISh UChUN IMTIYoZLAR
Soʻnggi yillarda yurtimizda yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maqsadli va puxta oʻylangan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Vazirlar Mahkamasining «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomiga koʻra, yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun banklardan garovsiz kredit ajratish tartibi bilan bogʻliq imtiyozli mezonlar belgilangani ham bu boradagi amaliy ishlardan sanaladi.
Unga koʻra, kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan, yangi turmush qurganlariga 3-yildan oshmagan yoshlar bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Ular kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan daromad manbaiga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, qarz yuki koʻrsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadlarining 70 foizidan yuqori boʻlmasligi lozim. Shu bilan birga, yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi ham shart.
Ushbu Nizomga koʻra, kredit yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratilishi ham belgilangan. Yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joyni qurish ishlari uchun berilishi mumkin boʻlgan kreditning eng koʻp miqdori 33 mln. soʻmdan oshib ketmasligi kerak. Kreditlar bozor stavkasida mijoz xohishiga koʻra 6 oy imtiyozli davr bilan, 20-yildan koʻp boʻlmagan muddatga unda boshlangʻich badali yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdori belgilangan.
M.MATYuSUPOV,
tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish
markazi bosh yuriskonsulti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶