15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 23:00
Jamiyat 👁 245

Amudaryo tumanida 3-dekabr− Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Amudaryo tumanida 3-dekabr− Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

1992-yil 14-oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida belgilangan. Shundan buyon har yili mazkur sana doirasida nogironlar duch kelayotgan muammolarni chuqurroq anglash, shu kabi masalalarni hal etish, ularning qadr-qimmati, huquqini himoya qilish, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar uyushtiriladi, imkoniyati cheklanganlarga moddiy yordamlar berilib, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanadi.

Mamlakatimizda ham nogironligi boʻlgan shaxslarga jamiyat va davlat tomonidan koʻmak va yordam koʻrsatish, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol jalb etishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtda ushbu toifaga mansub fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashga ixtisoslashgan bir qator tuzilmalar, xususan, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Koʻzi ojizlar jamiyati, Karlar jamiyati va boshqa jamoat hamda nodavlat notijorat tashkilotlari samarali faoliyat koʻrsatmoqda.

Eng muhimi, taqdir taqozosi bilan nogiron boʻlib qolgan bironta ham yurtdoshimiz xalqimizning, davlat idoralarining mehru eʼtiboridan chetda qolmasdan, oʻzining mehnati va qobiliyati bilan nafaqat hayotda oʻz oʻrnini egallab kelmoqda, balki azmu matonati, sabr-bardoshi va shukronalik fazilatlari bilan koʻpchilikka ibrat boʻlmoqda.

3-dekabr kuni Amudaryo tumanidagi “Sher” restoranida nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimiz uchun tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda yuz nafarga yaqin imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev jamiyatimizning ajralmas qismi boʻlgan nogironligi bor fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida mamlakatimizda bir qator qonunlar hamda 25 dan ortiq boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, mustahkam qonuniy baza yaratilganligini, bu esa mazkur toifa vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, malakali tibbiy xizmatlardan foydalanishi, oʻz isteʼdod va salohiyatini roʻyobga chiqarishi, muxtasar aytganda, oʻzlarini jamiyatimizning toʻlaqonli aʼzosi deb his etishlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini berayotganligini taʼkidladi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar ishtirokchilarga ularning sabr-u matonati, shijoati, shukronaligi bilan barchaga oʻrnak boʻlayotganligi, hamda intilish va isteʼdodlarini xalqimiz yukasak qadrlashini aytib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtiroki uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Shundan soʻng, imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga qimmatbaho sovgʻalar tanʼtanali tarzda topshirildi. Undan tashqari, nogironligi boʻlgan 15 nafar yurtdoshlarimiz reabilitatsiya-texnik vositalari bilan taʼminlandi.

Tadbir ishtirokchilari toʻkin dasturxon atrofida jamuljam boʻlishib, tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturini maroq bilan tomosha qildilar. Tadbir davomida tumanimizning ustoz sanʼatkorlari, umidli estrada yulduzlari tomonidan Vatan, doʻstlik, sevgi-muhabbat va insoniy fazilatlarni ulugʻlovchi goʻzal kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Tadbir qatnashchilari oʻzlariga koʻrsatilayotgan bu kabi eʼtibor uchun tuman hokimligiga va tashkilotchilarga minnatdorlik bildirishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019