OQ OLTIN OVULIDA HUDUD MASʼULLARI VA TUMAN KENGAShI DEPUTATI TARGʻIBOT IShLARINI OLIB BORDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan dasturga koʻra Oq oltin ovulidagi 0,8 km uzunlikdagi koʻchaga tosh yotqizish rejalashtirilgan.
Ushbu hududdan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Otabek Yuldoshov Oq oltin ovul fuqarolar yigʻini raisi, hududdagi hokim yordamchisi bilan birgalikda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Aholi bilan uchrashuv davomida tuman Kengashi deputati mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, mahallani obod va xavfsiz maskanga aylantirish, jinoyatchilikning oldini olish buyicha koʻrilayotgan choralardan xabardor qilib, barchani ogohlikka chorladi.
Aholi vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga maʼsullardan javoblar olishdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶