24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 07:50
Jamiyat 👁 296

DOʻRMAN OVULIDA “YaShIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI

DOʻRMAN OVULIDA “YaShIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI

Shu kunlarda mamlakatimiz boʻylab Prezidentimiz tashabbusiga tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarni koʻkalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda. Ushbu harakat doirasida Amudaryo tumanida ham hudud iqlim sharoitiga mos boʻlgan koʻchatlar ekish ishlari qizgʻin tashkil etilib, bogʻ-rogʻlar yaratilmoqda.

Joriy yil 4-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi Doʻrman ovulidagi 84-sonli maktab binosida Oʻzbekston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlarini tashkil etish boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi.

Seminarda tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Jasur Norimov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov hamda boshqa masʼullar, fuqarolar yigʻini xodimlari, ovul faollari ishtirok etishdi.

Seminarda soʻzga chiqqan tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev mahalla raislariga loyiha va uning afzalliklari toʻgʻrisida fuqarolarga batafsil tushunchalar berishda hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar bilan hamkorlikdagi ishlarni yanada jadallashtirish lozimligini taʼkidladi. Tuman Moliya boʻlimi masʼuli ham mahalla raislarining loyihalarni dasturga joylash, ovoz berish jarayonlarida eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan jihatlar toʻgʻrisidagi koʻplab savollariga aniq va atroflicha javob berdi.

Shuningdek, seminarda “Yashil makon” umummilliy loyihasini tatbiq etish maqsadida tumanda samarali ishlar olib borilayotgani, joriy yilning bahor mavsumidan koʻkalamzorlashtirish, mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekish ishlarini tizimli, uyushqoqlik bilan tashkil qilingani, kuz mavsumida ham ushbu ezgu ishlarni davom ettirish boʻyicha reja-tadbirlar belgilab olingani, hozirda ham rejaga koʻra qator amaliy ishlar olib borilayotganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Shundan soʻng, aholi xonadonlariga va ovul hududiga iqlimga mos daraxtlar koʻchatlarini ekish, ularni parvarishlash boʻyicha tavsiyalar berildi. Tabiat musaffoligini taʼminlash, ekologik muvozanatni barqarorlashtirishda koʻkalamzorlashtirishning, daraxtlarni koʻpaytirishning ahamiyati tushuntirildi.

Seminarda taʼkidlanganidek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, ayniqsa, daraxt ekishga qaratilgan umummilliy loyihani amalga oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bejiz emas. Aytish joizki, mamlakatimiz va butun dunyodagi vaziyat ham ekologik muammolarga mana shunday tizimli va samarali yondashuvni taqozo etmoqda.

Soʻzga chiqqan masʼullar ekologik masalalarga bu qadar katta ahamiyat qaratilib, mana shunday umummilliy loyiha oʻtkazilishi Oʻzbekiston tajribasida shu paytga qadar kuzatilmaganligini, «Yashil makon» umummilliy loyihasi Oʻzbekiston sharoitida shu paytgacha ekologiya sohasida amalga oshirilgan ishlardan oʻrinli xulosa chiqargan holda, masalaning barcha taraflarini atroflicha inobatga olib, kelajakni koʻzlab ishlab chiqilgan noyob tajriba sifatida oʻz natijasini, samarasini berishini alohida taʼkidlashdi.

Seminardan soʻng, ovulda yangidan tashkil etilgan bogʻ hududiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Shuningdek, 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” deb eʼlon qilingani munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Jasur Norimov va yana bir guruh mutasaddilar Doʻrman ovulidagi front ortida mehnat faxriylari 93 yoshli Yoʻldosh bobo Matmurodov, 87 yoshga kirgan Oyimjon momo Rahimova hamda 80 yoshli Aminboy ota Jumatovlarning holidan xabar olishdi va sovgʻa-salomlar topshirishdi.

Keksalar oʻzlariga koʻrsatilgan bu eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻldilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026