ZEBO QIZLAR DAVRASIDA
Har yili 11-oktyabr - “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan yurtimizda qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, tanlagan sohalari boʻyicha izlanishga ragʻbatlantirish va faoliyatida erishayotgan yutuqlarini eʼtirof etish maqsadida keng nishonlanadi.
11-oktyabr kuni tumanimizda ham mazkur bayram munosabati bilan “Oilaviy munosabatlarda ayol-qizlarning roli” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Bayramona va koʻtarinki ruhda oʻtgan uchrashuvda yoshi ulugʻ, hayotiy tajribaga ega boʻlgan nuroniylarimizdan Choykoʻl ovulida yashovchi hoji ona Sh.Pirimbetova, tuman hokimi oʻrinbosari G.Saburova, Tibbiyot birlashmasi shifokori M.Nurimbetova, 36-sonli maktab psixologi Sh.Abdullayeva hamda Xitoy OFY xotin-qizlar faoli R.Polvonova, shuningdek, oʻquvchi-qizlar va bir guruh sportchi, ijodkor qizlar ishtirok etishdi.
Qizgʻin bahs va munozaralarga boy tarzda kechgan davra suhbati davomida boshlovchilar ekspertlar guruhiga oilada qizlar tarbiyasi, ayol-qizlarning jamiyatdagi oʻrni mavzularida oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishib, tegishlicha javoblar oldilar. Suhbat davomida jamiyatimizda oʻz oʻrniga ega, intiluvchan, yosh boʻlishiga qaramasdan qator yutuqlarga erishgan, hayotda oʻz oʻrnini topayotgan qizlar ham soʻzga chiqib, dugonajonlarini va butun Oʻzbekiston qizlarini bayram bilan muborakbod etib, ijtimoiy hayotda faol boʻlishga chaqirdilar.
Aziza MADRAHIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶