Özbekiston Yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengaşi konferentsiyasi bölib ötdi
Maʼlumki, Özbekiston Yoşlar ittifoqi “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bölib ötgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq taşkil etilib, şu kundan eʼtiboran jismonan soğlom, maʼnan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yoş avlodni şakllantiriş, ularni “ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsiridan muhofaza qiliş, yoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişga har tomonlama kömaklaşuvçi, bir söz bilan aytganda Özbekiston yoşlarini yagona maqsad yölida birlaştiruvçi taşkilot sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
10-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Olmazor mahallasi hududidagi 82-sonli maktabda Özbekiston Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşining navbatdagi konferentsiyasi bölib ötdi.
Konferentsiyada 110 nafar delegatdan 98 nafari iştirok etdi.
Konferentsiyani tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eşimbetova boşqarib bordi.
Yiğilişda dastlab, konferentsiya hayʼati aʼzolari hamda kotiblar saylab olindi.
Hayʼat azolari sifatida tuman hokimining örinbosari Mahmud Şermetov, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eşimbetova, ijodkor yoşlardan Barno Samandarovalar saylandi.
Şundan söng, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengaşining 2017-2022-yillardagi umumiy faoliyati böyiça hisoboti tinglandi.
Hisobotda keltirilganidek, Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan yoşlarning intiliş va qobiliyatlarini röyobga çiqarişda, ularning muammolarini hal qiliş borasida samarali işlar amalga oşirilib kelinmoqda.
Yiğiliş davomida Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi faoliyatining natijadorligi böyiça Amudaryo tumani Yoşlar ittifoqi nazorat-taftiş komissiyasining hisoboti tinglandi. Hisobotda joriy yilning 9 oyi davomida 2 148 nafar yoşlarga amaliy yordamlar körsatilgani, hozirda tuman böyiça 193 nafar yoşlar “Yoşlar daftari”da ekani qayd etildi.
Şuningdek, yoşlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etiş, yoşlarda axborot texnologiyalaridan foydalaniş könikmalarini şakllantiriş, ular örtasida kitobxonlikni tarğib qilişga qaratilgan 5 bosqiçni öz içiga olgan “Beş taşabbus olimpiadasi”da tumanimiz yoşlari ulkan muvaffaqiyatlarga erişgani taʼkidlab ötildi.
Konferentsiya davomida Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi raisi lavozimiga Dilmurod Rahimovning nomzodi bir ovozdan maqullandi.
Şundan söng tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov Özbekiston Yoşlar ittifoqi faoliyati hususida öz fikrlarini bayon qildi.
Qayd etilganidek, taşkilot mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uçun masʼuliyatni öz zimmasiga olişga qodir, taşabbuskor, xalq manfaati yölida bor salohiyatini safarbar qiladigan, şijoatli yoşlarni tarbiyalaş, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş yölida samarali tarzda faoliyat yuritmoqda.
Konferentsiya kun tartibida Özbekiston Yoşlar ittifoqi hududiy Kengaşi konferentsiyasiga delegatlarni saylaş masalasi ham körib çiqilib, 10 nafar delegat saylandi.
Şuning bilan Özbekiston Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşining navbatdagi konferentsiyasi nihoyasiga yetdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶