QILIÇBOYDA NURONIYLAR VA QIŞLOQ AYoLLARI UÇUN TADBIR ÖTKAZILDI
Yoşi uluğ insonlarga hurmat-ehtirom körsatiş, ularning Vatanimiz ravnaqi yölida qilgan fidoyi mehnatlarini eʼtirof etiş, yoşlarni ularning ulkan hayotiy tajribalaridan örnak olişga ruhlantiriş maqsadida mamlakatimizda keng miqyosli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Har yili oktyabr oyining birinçi haftasida “Keksalar haftaligi” ötkazib kelinayotgani ham şu maqsadga qaratilgan.
Joriy yilning 3-9-oktyabr kunlarida ham har yilgi anʼanaga muvofiq “Keksalarni eʼzozlaş ularga hurmat-ehtirom körsatiş – xalqimizga xos fazilat” ğoyasi ostida keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qiliş, ularga eʼtibor va ğamxörlikni kuçaytiriş, turmuş şaroitlarini yaxşilaş, faol va mazmunli hayot keçirişlarini taʼminlaş, boy hayotiy tajribalaridan yoş avlod tarbiyasida unumli foydalaniş maqsadida “Keksalar haftaligi” uyuşqoqlik bilan ötkazildi.
Yaqinda Qiliçboy ovulidagi “Temur-Anvara” töyxonasida ovul va ovul tarkibidagi mahallalarda istiqomat qiluvçi yurtimiz fayzi, xonadonlar körki hisoblanmiş yoşi uluğ nuroniy otaxon, onaxonlar uçun tökin dasturxon yozildi. Aziz mehmonlarni ovul fuqarolar yiğini raisi Bahrom Qodirov haftalik bilan qutlab, yoşi uluğ insonlarga hurmat ehtirom körsatiş, ularni qadrlaş bizning asriy urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz va yaşaş tarzimizdan çuqur joy olganini taʼkidladi, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tiladi.
Uşbu davraga 15-oktyabr – Xalqaro ayollar kuni munosabati bilan ovul, ovul tarkibidagi mahallalarda istiqomat qiluvçi 52 nafar faol, turli sohalarda faoliyat yuritib, yutuqlarga erişgan, munosib öğil-qizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan, elda eʼzoz topgan ayollar ham taklif etildi.
Öziga xos fayz kaşf etgan tadbirda tuman hokimi örinbosari Gözal Soburova, “Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi” boşliği Ğulomjon Duysenboyevlar ham iştirok etdilar va nuroniylarni “Keksalar haftaligi”, ayollarni 15-oktyabr – Xalqaro qişloq ayollari kuni bilan qizğin qutlab, ularga soğ-salomat bölib uzoq umr körişini tiladilar. Şu kuni tadbirga taklif etilgan 52 nafar ayollarga ovul fuqarolar yiğini nomidan sovğalar taqdim etildi.
Şu örinda taʼkidlaş joizki 2019-yildan buyon “Xalqaro qişloq ayollari kuni” nişonlab kelinmoqda.
Sana munosabati bilan va “Keksalar haftaligi” doirasida Qiliçboy ovulida ötkazilgan tadbirda ayollar va nuroniylarga xalqimizning sevimli milliy taomi – palov tortildi.
Qiliçboy Madaniyat markazi va tumanimizning taniqli sanʼatkorlari dilrabo kuy-qöşiqlari bilan davraga yana ham jöşqin kayfiyat va fayz kiritdi. Azal-azaldan hududda yaşab, qişloq xöjaligi, turli sohalarda mehnat qilib, keksalik yoşiga yetgan nuroniylar, qişloq ayollari tadbir bahona diydorlaşib, dildan suhbatlar qurdilar, köngillari yayradi.
Mehmonlar ularni qadrlab, hurmatlab şunday davra taşkil etgan ovul fuqarolar yiğini masʼullariga minnatdorçilik bildirdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶