21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:14
Jamiyat 👁 2,540

Tuman xabarlari

Tuman xabarlari

Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan uchrashuv

2-dekabr kuni Amudaryo akademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga ba-gʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi vakillari, tuman hokimligi masʼullari, muassasa, korxona va tashkilotlar xodimlari hamda akademik litseyning oʻqituvchi va oʻquvchilari qatnashdilar.

Uchrashuvda tuman hokimi R.Yoʻldoshev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi S.Xoʻjanazarov, Respublika Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi Q.Jiyemuratovlar Konstitutsiyaning hayotimizdagi ahamiyati haqida soʻzladilar. Akademik litseyning oʻquvchi yoshlari munozaralarda va savol-javoblarda faol ishtirok etib, bosh Qomusimizga oid bilimlarini yanada mustahkamladilar.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

Aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda

Shu kunlarda tumanimizning ovul va mahallalarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga va xalq deputatlari tuman Kengashiga oʻtkaziladigan saylovlar munosabati bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi oldidan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Aholining huquqiy bilimini oshirish,ularni tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha muammolarni bartaraf qilish maqsadida tashkil qilingan uchrashuvlar ochiq muloqot shaklida oʻtmoqda.

A.JUMANIYoZOV.

Konstitutsiya va yoshlar

21-28-noyabr kunlari "Kamolot” YoIH tuman Kengashi tomonidan "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” loyihasining targʻiboti oʻtkazildi.

Yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, ularning demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlaridagi faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur loyihada Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universitetining iqtidorli va faol talabayoshlaridan iborat targʻibot guruhi aʼzolari oʻzlarining Konstitutsiya mazmunmohiyatini hamda uning mamlakat va xalqimiz hayotidagi oʻrnini ochib beruvchi maʼruzalari bilan qatnashishdi.

M.Oʻrozboyev, harakatning

tuman Kengashi raisi.

Ajiniyoz ijodiga muhabbat

Yaqinda 64sonli umumtaʼlim maktabida 1-dekabr - Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan qoraqalpoq klassik adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 190 yilligi munosabati bilan shoir ijodi va faoliyatiga bagʻishlangan adabiy kecha boʻlib oʻtdi. Maktabning 4-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ushbu adabiy-badiiy tadbirda otashnafas qoraqalpoq shoiri Ajiniyozning adabiy merosi hamda uning oʻzbek va qoraqalpoq adabiyotida tutgan oʻrni haqida soʻz bordi.

Tadbirda shoir ijodidan namunalar oʻqildi va Ajiniyoz ijodining eng bilimdoni, deb tan olingan oʻquvchilarga maktab maʼmuriyati tomonidan esdalik sovgʻalari berildi.

Sharofat Abdullayeva,

64-maktab oʻqituvchisi.

Sheʼriyat kechasi oʻtkazildi

4-dekabr kuni bosh Qomusimiz - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tumanimizda yashab, ijod qilayotgan qalamkashlar ishtirokida sheʼriyat kechasi oʻtkazildi.

Kechani faxriy jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov ochdi va olib bordi. Tadbirda ustoz ijodkorlar hamda yosh qalamkashlar mustaqillik, yurtimizdagi tinchlik va farovonlikni tarannum qiluvchi sheʼrlarini, yangi ijod mahsullarini ishtirokchilarga oʻqib berdilar.

Jannatmakon yurtimizdagi tinchosoyishta, obod va farovon turmushimizning asosi boʻlgan Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga bagʻishlangan sheʼriyat kechasi barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

Oygul RAJABOVA, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026