Koʻp yillar davomida prokuratura sohasida fidoyi mehnat qilgan Gulora Bobojonova “Faxriy xodim” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Sana munosabati bilan turli tadbirlar oʻtkaziladi, oʻqituvchi, murabbiylarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatiladi.
Mamlakatimizda 1995-yildan beri 1-oktyabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Chunki har bir insonning ilm olib, kasb-kor, mutaxassislik mahoratini egallashida ustozlarning xizmati beqiyosdir. Ezgulikdan saboq berib, yuksak insoniy fazilatlari bilan ham yoshlarga oʻrnak, namuna boʻlgan, oʻz tajribalarini yoshlarga erinmay oʻrgatib, ustozlik maqomiga erishgan insonlar barcha sohalarda ham bor.
Tumanimizning moʻʼtabar, eʼzozli ayollaridan biri, umr boʻyi prokuratura sohasida mashaqqatlaridan choʻchimay fidoyi mehnat qilgan Gulora Bobojonova ham shundaylar sirasidan.
Yaqinda opaning hayotida quvonchli voqea boʻldi. U Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi tomonidan 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan prokuratura organlarida koʻp yillar fidokorona xizmat qilib, yosh mutaxassislarni tarbiyalash, ularning bilim va malakasini oshirish, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, yetuk mutaxassis etib shakllantirish hamda faoliyatni ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash ishiga salmoqli hissa qoʻshgani uchun “Faxriy xodim” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Fidoyi va kamtarin inson oʻz sohasining bilimdoni, prokuratura organlarida uzoq yillar samarali ishlagan Gulora Bobojonovaning mehnatlari eʼtirof etilishi mamlakatimizda inson omiliga eʼtiborning bir namunasi, desak adashmagan boʻlamiz. Gulora Bobojonovani “Faxriy xodim” koʻkrak nishoni bilan qutlab uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz.
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶