21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 11:39
Qishloq xoʻjaligi 👁 5,890

FERMERLIK HARAKATI: YuRT RAVNAQI VA JAMIYaT TARAQQIYoTI YOʻLIDA

FERMERLIK HARAKATI: YuRT RAVNAQI VA JAMIYaT TARAQQIYoTI YOʻLIDA

Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligi sohasida erishayotgan yutuqlarimiz salmogʻiga bogʻliq. Shu bois ham istiqlol yillarida mamlakatimizda qishloq xoʻjaligidagi islohotlarni jadallashtirish va bu sohada tub burilish yasashga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Muhimi, bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning mukammal qonuniy asosi yaratildi. Xususan, "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”, "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlar, yangi tahrirdagi "Yer kodeksi” hamda dehqon fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga oid oʻndan ortiq hukumat qarorlari shular jumlasidandir.

Qishloq xoʻjaligida islohotlar mustahkam huquqiy bazaga asoslangan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganiga yana bir aniq misol sifatida 2003-yilda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining "2004-2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini koʻrsatish mumkin. Mazkur qarordan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligini isloh qilish borasida aniq yoʻnalishlar boʻyicha puxta ishlab chiqilgan kontseptsiyani hayotga tatbiq etishga kirishildi. Bu jarayondan soʻng hukumatimizning "2006-yilda qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan mamlakatimizda fermerlik harakatiga yanada keng yoʻl ochib berildi. Yerlar tanlov asosida haqiqiy egalariga, yaʼni yer bilan tillashadigan, dehqonchilikda suyagi qotgan odamlarga boʻlib berildi.

Tumanimizda 2002-2004-yillar davomida 19 ta shirkat xoʻjaliklari tugatilib, ular negizida jami 595 ta fermer xoʻjaliklari tashkil qilingan boʻlsa, ana shu jarayondagi tanlovlardan tortib, hozirgi paytgacha fermer xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligiga oid qonun talablariga qay darajada rioya qilayotganligi doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Fermerlik harakatida ham boshqa tarmoqlardagi kabi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.

Respublikada fermer xoʻjaliklari rivojining birinchi bosqichi - 1992-1998-yillarni qamrab olib, bu davrda fermer xoʻjaliklari, asosan mehnat resurslari yetarli boʻlmagan hududlarda, jamoa xoʻjaliklari rahbarlarining qaroriga asosan, xoʻjalikning balansida boʻlgan yer uchastkalarida tashkil etilgan edi.

Bu paytlarda tumanimizda 245 ta fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatib, ularning umumiy yer maydoni 3165 gektarni yoki oʻrtacha bir fermer xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan yer uchastkasi oʻrtacha 12,9 gektarni tashkil etar, shu sababli fermer xoʻjaliklarining faoliyat yuritishi uchun iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratishni zamon talab etmoqda edi.

Shuning uchun ham ikkinchi bosqich - fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishning huquqiy-meʼyoriy asoslarini yaratish bosqichi boʻldi. 1998-yilning 30-aprelida Oʻzbekiston Respublikasining "Yer kodeksi”, "Qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunlari qabul qilindi va shular asosida qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun toʻla huquqiy asos yaratildi.

Biroq, fermer xoʻjaliklari faoliyati chuqur tahlil qilinganda, amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramay hali ham fermer xoʻjaliklari faoliyatida bir qator yechimini kutayotgan dolzarb muammolar mavjudligini koʻrsatdi. Xususan, ayrim fermerlar tomonidan yer maydonlaridan samarasiz foydalanilayotganligi, moliyaviy-iqtisodiy ahvolining surunkali nobarqarorligi, xoʻjaliklarning tarmoq ixtisosligi (paxta va gʻallachilik, bogʻ va uzumchilik, sabzavot va polizchilik, chorvachilik va boshqalar) boʻyicha yer uchastkalari maqbul boʻlinmaganligi kabi masalalar koʻzga tashlanib qoldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktyabrdagi "Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoyish shu kabi masalalarning yechimini topish maqsadida qabul qilindi.

Mazkur hujjat ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayonida tumandagi fermer xoʻjaliklari soni 620 tadan 362 taga yoki 59,8 foizga kamaydi. Bunda fermer xoʻjaliklarining oʻrtacha yer maydonlari 74,5 gektardan 127,6 gektargacha kengaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-oktyabrdagi "Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida birmuncha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, yer maydonlari toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazilib, fermer xoʻjaliklarining faoliyatini tanqidiy baholash asosida ularning yer maydonlarini maqbullashtirish boʻyicha keng koʻlamli, shu bilan birga puxta oʻylangan ishlar amalga oshirildi.

2009-yildagi maqbullashtirish jarayoni tahlil qilinganda, fermer xoʻjaliklarining aylanma mablagʻlari koʻpaygani, yer, mineral oʻgʻit, yonilgʻi-moylash, texnika va boshqa moddiy resurslardan samarali foydalanish koʻrsatkichlari birmuncha oshdi.

Asoslangan holda oʻtkazilgan maqbullashtirish jarayoni natijalariga koʻra, 2009-yilda 42 ta (11,6 foiz) fermer xoʻjaliklari, 2011-yilda 40 ta (12,5 foiz) fermer xoʻjaligi tugatilib, bugungi kunda fermer xoʻjaliklarining jami soni 274 tani tashkil qiladi. Shundan 251 tasi (91,6 foiz) paxta va gʻallachilik, 5 tasi (1,8 foiz) bogʻdorchilik, 12 tasi (4,4 foiz) chorvachilik hamda 6 tasi (2,2 foiz) parrandachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklaridir.

Bugungi kunda oʻrtacha bir fermer xoʻjaligiga toʻgʻri kelgan yer maydoni 170,6 gektarga yetdi. Fermer xoʻjaliklarining oʻrtacha yer maydonlarini tarmoqlar boʻyicha olib qaraydigan boʻlsak, paxtachilik va gʻallachilikda 118,0 gektardan, bogʻdorchilikda 4,5 gektardan, chorvachilikda 53,2 gektardan toʻgʻri kelmoqda.

Tumanimizda qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha qator dasturlar amalga oshirildi. Jumladan, 2002-2014-yillar (12-yil) davomida 28 mlrd 353 mln soʻmlik 914 ta turli xildagi qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari olib kelindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktyabrdagi "Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan fermerlik harakatida fermerlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi bosqich boshlab berildi.

Shuningdek, ushbu Farmon bilan fermer xoʻjaliklariga bir qator imtiyozlar tizimini joriy etish boʻyicha qonunlar hamda qonun osti hujjatlariga qoʻshimcha hamda oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi. Shu asosda tumanda 2012-yilda tuman Fermerlar Kengashi tashkil qilindi. Fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarining oladigan daromadlarini faqat paxta va gʻalladan emas, balki boshqa sohalarni ham rivojlantirib, fermer xoʻjaliklari koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarga aylantirildi.

Shuningdek, fermer xoʻjaliklari yer maydonlarining meliorativ xolatini yaxshilash maqsadida qator davlat dasturlari amalga oshirildi. Jumladan,
2008-2012-yillar davomida 1219 km uzunlikdagi kollektorlarda 8 mlrd 64 mln soʻmlik rekonstruktsiya va taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan boʻlsa, 2013-2017-yillarda 1630 km uzunlikdagi kollektorlarda 22 mlrd 579 mln soʻmlik meliorativ tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shundan, 2014-yilda 273,4 km uzunlikdagi kollektorda 4 mlrd 334,1 mln soʻmlik ishlar amalga oshirildi.

Tumanda fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish, qayta tashkil qilish va tugatish bilan bogʻlik masalalarni koʻrib chiqish uchun tuman hokimligi huzurida ishchi guruhi tuzilgan boʻlib, bu ishchi guruh fermer xoʻjaliklarini tashkil qilish, qayta tashkil qilish va tugatish bilan bogʻlik masalalarni koʻrib chiqishda "Fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida ish olib borilmoqda.

Qonunda dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilik uchun kamida 30 gektarni tashkil qilish belgilangan boʻlib, bu koʻrsatkich bizning tumanda oʻrtacha 118 gektarni, 5 ta bogʻdorchilik fermer xoʻjaliklarida oʻrtacha 4,5 gektarni, 12 ta chorvachilik fermer xoʻjaliklarida oʻrtacha har bir fermer xoʻjaligiga 53,2 gektarni, 6 ta parrandachilik fermer xoʻjaliklarida oʻrtacha 76,4 gektarni tashkil etadi.

Yer uchastkalari berilganda fermer xoʻjaligi oʻz zimmasiga qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligi yerning kadastr bahosidan kam boʻlmasligini taʼminlash majburiyatini oladi. Bu majburiyatlar tuman yer resurslari va davlat kadastri bilan tuzilgan yer ijara shartnomasida mustahkamlab qoʻyilgan.

Fermer xoʻjaligini tashkil qiluvchi shaxs tender tanlovidan gʻolib deb topilib, tuman hokimi qarori bilan tasdiqlanib, yuridik shaxs maqomini olib, davlat roʻyxatiga olingan paytdan tashkil etilgan deb hisoblanib, oʻz nomiga muhrolishga va bankda hisob-kitob varagʻini ochishga haqli hisoblanadi. Bu "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasida oʻz ifodasini topgan.

Yangidan tashkil qilinayotgan fermer xoʻjaliklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspektsiyasi ish olib bormoqda.

Fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida, ijaraga ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi.

Zaxira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasi oʻtkazgan tanlov yakunlariga koʻra tuman hokimining qaroriga asosan beriladi.

Lekin davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va yengilliklarga qaramay tumandagi ayrim fermerlar tomonidan oʻz faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish oʻrniga qonun talablariga zid ravishda vakolatlarini suisteʼmol qilish holatlari ham uchrab kelmoqda. Masalan, 2013-yilda Xitoy ovuli hududidan 6 ta, "Oq oltin” ovuli hududidan 3 ta, Qangli ovuli hududidan 2 ta, Nazarxon ovuli hududidan 2 ta, Qipchoq,"Toʻlqin”, "Choykoʻl” ovullarining har birida 1 tadan, Boʻzyop ovuli hududidan 2 ta, jami 18 ta fermer xoʻjaliklarida davlatga paxta va gʻalla topshirish boʻyicha shartnomaviy rejalarini bajarmaganligi sabibli ushbu fermer xoʻjaliklarining yer maydonlari tuman hokimligi zahira yer fondiga tegishli tartibda qaytarib olindi.

Joriy yilning 6-7-dekabr kunlari ana shunday yerdan samarasiz foydalangan 60 ta fermer xoʻjaliklarining yerlari tuman zahira yer fondiga qaytarib olinib, mazkur yer uchastkalari tanlovga qoʻyilgan va ayni kunlarda tanlovda ishtirok etish istagidagi fuqarolardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni ketmoqda. Tumanimiz fuqarolari tanlovda ishtirok etib, belgilangan tartibda gʻolib boʻlsalar, fermerlik faoliyati bilan shugʻullanib, yurtimiz taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshishlari mumkin.

Eng muhimi, Oʻzbekiston Respublikasining "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va tegishli hukumat qarorlari talablarining tumanimizda ijrosi qoniqarli deb aytishga haqlimiz. Chunki, mana bir necha yillardan buyon tumanimiz davlatga paxta, bugʻdoy va pilla topshirish boʻyicha shartnomaviy rejalarini, mamlakatimizda birinchilardan boʻlib ado etib kelmoqda. Bunday sharafga sazovor boʻlib, tumanimiz dovrugʻini mamlakat miqyosida tanitayotgan fidoyi fermerlarimizga, jonkuyar dehqonlarga har qancha tahsin aytsak arziydi. Oʻz mehnatlari bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotgan, joriy qishloq xoʻjalik yilini ham muvaffaqiyatli yakunlagan tumanimiz fermerlari va soha xodimlarini bu yilgi mehnat zafarlari bilan yana bir marta muborakbod qilib, yurtning farovon kelajagi yoʻlida qilayotgan xayrli ishlariga baraka tilaymiz!

Anvar YOʻLDOShEV,

tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026