24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 09:31
Jamiyat 👁 331

“XAVFSIZ TUN” QOʻShMA REYDI OʻTKAZILDI

“XAVFSIZ TUN” QOʻShMA REYDI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi, Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashish guruhi va Yoshlar ishlari Agentligi Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishining oldini olish maqsadida internet klublar, umumiy ovqatlanish oshxonalari, avtomashina yuvish shoxobchalari koʻzdan kechirilib, voyaga yetmaganlar va yoshlarning maqsadsiz koʻchalarda yurishlarining oldini olishga qaratilgan kunduzgi va tungi reydlar oʻtkazilmoqda.

Amudaryo tumanida Ichki ishlar boʻlimi, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashish guruhi katta inspektori va inspektor-psixologlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvar kungi “Mahallada yoshlar bilan ishlashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan barcha ovul va mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida keng ommalashtirish, “Besh muhim tashabbus” loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ovul va mahallalar yoshlar yetakchilari ishtirokida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Tumandagi oʻquv maskanlarida voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular oʻrtasida huquqbuzarlikka qarshi kurash, vatanparvarlikni targʻib qilish, yoshlarning “Ommaviy madaniyat” taʼsiriga tushishning oldini olish borasida muntazam ravishda davra suhbatlari va ochiq muloqotlar oʻtkazilib, profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ayni paytda tumanda voyaga yetmaganlar 70 ming 662 nafarni tashkil etadi. 85 ta umumtaʼlim muassasalarida hozirgi kunda 37 ming 912 nafar oʻquvchi, 51 ta maktabgacha muassasalarida 9 ming 612 nafar bolalar taʼlim-tarbiya olishmoqda.

2022-yilning sentyabr oyiga qadar voyaga yetmaganlar orasida 213 ta holatda huquqbuzarliklar aniqlanib, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 47-moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarliklar boʻyicha voyaga yetmaganlarning ota-onalariga maʼmuriy choralar qoʻllanildi.

Mutasaddi tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan reydlar jarayonida nazoratsiz va qarovsiz qolgan 102 nafar voyaga yetmagan oʻsmirlar aniqlanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimining Voyaga yetmagan shaxsga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi.

Amudaryo tumani Mangʻit shahri hududida muntazam ravishda oʻtkazilayotgan “Xavfsiz tun” tadbiri davomida ham tungi paytda bemaqsad koʻchada yurgan 256 nafar voyaga yetmaganlar IIB va tayanch punktlarga olib kelindi va profilaklik suhbat oʻtkazilib, ota-onalariga topshirildi.

Bundan tashqari, internet klublarda 9 ta holatda voyaga yetmaganlar shugʻullanayotgani aniqlanib, mazkur klublarning egalariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, yaʼni 3 million soʻm miqdorida jarima solindi.

Xalqimizda bir bola yetti mahallaning yuzi va bir bolaga yetti mahalla ota-onadir, degan hikmatlar bejizga yaratilmagan. Chunki bir noqobil bolaning odobsizligi yoki huquqbuzarligi oʻsha bola yashaydigan butun mahalla bolalarining shaʼniga, obroʻli oilalarning farzandlari odob-axloqiga nisbatan salbiy fikrlar tugʻilishiga sababchi boʻladi. Huquqbuzarlikni sodir etgan bolaning qaysi mahalladan ekanligini aytishsa, darhol umumiy baho berishib: “ular toʻpolonchi yoki odobsiz, huquqbuzar bolalar”, - deb qoʻyaqolishadi. Shuning uchun bir yomon buzoq butun podani bulgʻagani kabi bir tarbiyasi ogʻir bolaning kasriga boshqa mahalladoshlari ham giriftor boʻlib qolaverishadi. Ota-onalardan iltimos qilardikki, farzandlaringizning yurish-turishidan, kimlar bilan birga oʻynab, qayerlarga borayotganlaridan ogoh boʻling.

Yarim tunlargacha internet klublari eshigini ochib oʻtirgan, oʻzini tadbirkorman, deb hisoblab, voyaga yetmaganlarning internet tarmoqlari orqali turli pornografik maʼlumotlar bilan tanishishlariga sharoit yaratib berishayotgan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy choralar koʻrilishiga qaramasdan bu kabi salbiy holatlar, afsuski, uchrab turibdi. Shu bois, “Xavfsiz tun” tadbirini yil davomida tizimli ravishda oʻtkazish, tadbirning qamrov maydonini yanada kengaytirish, olis qishloq hududlarigacha kirib borib, voyaga yetmaganlar va uyushmagan yoshlarning tunlari bemaqsad koʻchada yurishlarining oldini olish har birimizning zimmamizdagi masʼuliyatli vazifa ekanligini unutmasligimiz kerak.

Rasul XOLMURODOV, Amudaryo tuman IIB voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashish guruhi katta inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026