24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 09:32
Jamiyat 👁 276

KUYuK KOʻPIR OVULIDA TURLI MILLATLI AHOLI TINCh VA FAROVON YaShAYDI

KUYuK KOʻPIR OVULIDA TURLI MILLATLI AHOLI  TINCh VA FAROVON YaShAYDI

Inson uchun oʻzi tugʻilib oʻsgan goʻsha aziz va qadrli. Ahli donish aytganidek, Vatan bir bogʻdir,   Vatanning sodiq farzandlari bu bogʻni oʻz yurak qonlari ila sugʻormaklari darkordir. Darhaqiqat, undirib-oʻstirgan yurtga yurak-yuragidan mehr-muhabbat qoʻysagina, odamzod azmu-shijoatga toʻlib, ulugʻ ishlar, yaratuvchanliklar, bunyodkorliklar qila oladi, tengsiz jasoratlar koʻrsatadi, elga sharaf keltiradi.  Mamlakatning har bir fuqarosi oʻzining shu yurt taqdiriga daxldor ekanligini qalban his qilsagina, uning obodligi, farovonligi uchun intiladi, fido boʻladi.

Kuyuk koʻpir ovulida ham ana shunday oʻz eliga cheksiz mehr-muhabbat qoʻygan, sevib ardoqlaydigan, uning ravnaqi yoʻlida beminnat xizmat qilishni burch deb biladigan chin vatanparvarlar yashaydi. Azaldan mehnatkash, hamjihat, totuv-inoq boʻlgan ovul aholisi birdamlikda oʻz makonlarining obodligi yoʻlida harakat qilib, ahillikda yashab kelishmoqda.

Koʻp yillardan beri Tamara Karimova raislik qilib kelayotgan ushbu ovulda Eshon ovul va Xoʻja ovul aholi punktlari mavjud. Hududdagi 1032 ta xonadonda 1167 oila, 5140 nafardan ziyod oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz millatlariga mansub aholi yashaydi. Koʻp millatli aholi ahil yashab kelayotgan bu ovulda 2 ta maktab, 1 ta davlat, 1 ta oilaviy nodavlat MTT, 1 ta oilaviy poliklinika, 1 ta kutubxona, savdo doʻkonlari, ovqatlanish shoxobchalari, dorixona, novvoyxona va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Aholi asosan dehqonchilik va chor-vachilik bilan shugʻulla-nadi.

Ovul hududini obodonlashtirish maqsadida soʻnggi yillarda 19-sonli MTT binosi qayta taʼmirlandi va barcha qulayliklarga ega boʻlgan bolalar maydonchasi qurildi. Orol bogʻi, Eshon ovul koʻchalariga qum-shagʻal toʻkilib, tekislandi, 1,5 km.ga yaqin piyodalar yoʻlakchasi betondan qurildi. Yana bir koʻchaga umumiy uzunligi 3,4 km. boʻlgan elektr tarmoqlari tortildi va tungi yoritgich chiroqlar qoʻyilib, yangidan 4 ta transformator oʻrnatildi.

Yigʻin raisi T.Karimova, xotin-qizlar faoli O.Ahmadova, hududdagi hokim yordamchisi N.Norimbatov, yoshlar yetakchisi A.Abdullayev hamda profilaktika inspektori A.Matyusupovlar fuqarolarning muammolarini oʻrganib, bartaraf etishga, har biriga yaqindan koʻmak berishga birgalikda harakat qilishmoqda.

Ayniqsa, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” roʻyxatida turgan fuqarolarning holidan xabar olinib, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik, kasb-hunar oʻrganishga keng jalb etilmoqda. Hokim yordamchisining koʻmagi bilan “Ayollar daftari” roʻyxatiga olingan 10 nafar ayolga kredit mablagʻlari olib berildi va oʻzini oʻzi band etishlariga koʻmaklashildi. Hozirgi kunda “Temir daftar”da 5 nafar, “Ayollar daftari”da 92 nafar, "Yoshlar daftari”da 72 nafar fuqaro roʻyxatda boʻlib, ularga ham imkon darajasida yordam koʻrsatilmoqda.

Ovuldagi qozoq millatiga mansub Haytbay ogʻa Ketabayev hamda Gulora opa Abatovalar xonadonini eng namunali oilalardan deb aytsa arziydi. Uzoq yillar suv xoʻjaligi sohasida fidoyilik bilan mehnat qilgan Haytbay ogʻa hozirgi kunda nafaqa gashtini surmoqda. U Gulora opa bilan 5 nafar farzandni jamiyat, yurt kori-ga yaraydigan farzandlar qilib tarbiyalashgan. Haytbay ogʻa oʻz ota-bobolari oʻtgan asrning boshlarida shu elga kelib Vatan tutib, oʻtroq yashab boshlagani, otasi Jumamurod boboning Amudaryo daryosida yuk tashuvchi kema dargʻasi boʻlganini esga oldi. U hamma bilan ogʻa-inidek boʻlib, qon-qarindosh boʻlib ketgani, qoʻni-qoʻshniga mehr-oqibatli boʻlib, borini baham koʻrib, yaxshi-yomon kunida yelka tutib yashayotgani haqida soʻzlarkan, oʻzlarini shu yurtdan aslo ayro tasavvur qila olmasligini taʼkidlaydi. 82 yoshgacha yashab, qarilik gashtini surgan Jumamurod bobo kabi el-yurt manfaatiga xizmat qilib, hayot kechirayotgan Haytbay ogʻaning katta farzandlari Ilyos va  Manas, qizi Gulmira oilalari bilan ayni paytda Qozogʻiston Respublikasida yashab, turli sohalarda mehnat qilishadi. Kichik oʻgʻil Baxt bilan qizi Jamila esa oʻzlari tugʻilib oʻsgan shu yurtda mehnat qilib, tinch-totuv hayot kechirishmoqda. Kelinlar ham biri oʻqituvchi, biri hamshira boʻlib, eldan olqish olishmoqda.

Xonadon ahli boʻsh vaqtlarida hovlidagi tomorqa yerlari, bogʻ-rogʻlari, chorva, parrandalarini parvarish qilishadi. Shu mehnatlari evaziga roʻzgʻorga kerakli boʻlgan meva-cheva, sabzavotlarni yetishtirishadi. Haytbay ogʻa bilan Gulora opa esa egizak nevaralar Aliya, Alfiya, Aydoslar tarbiyasi bilan band. Ularga alifbedagi harflarni kichikligidan oʻrgatib boshlashgani uchun, endi 6 yoshga toʻlgan boʻlsa ham, oʻqib-yozishni bilishadi.

Maʼnaviyatli bu insonlarni yigʻin masʼullari ham oʻzaro kelishmovchiliklar boʻlayotgan notinch oilalar egalariga doim ibrat qilib koʻrsatishadi. Oʻz navbatida ovulning yoshi kattalaridan boʻlgan bu insonlarni yoshlarga hayotiy tajribalaridan oʻgit-nasihat berish uchun tadbirlarga taklif etib turishadi.

Yoshgina boʻlishiga qaramasdan “Shukurullo-Islombek” oilaviy korxonasini tashkil etgan Shukurullo Otajonov ovuldoshlarining yangi qurayotgan imoratlariga zamonaviy plastikdan yasalgan deraza va eshiklar, temir darvoza, panjaralar yetkazib berish bilan band. Shogirdlari bilan birgalikda xom ashyo keltirib, talabga koʻra deraza romlarini tayyorlashadi, mijozlardan buyurtmalar qabul qilishadi. Barcha buyurtmalarni sifatli va pishiq-puxta ishlashganidan yangi imo-rat boshlagan kuyuk koʻpirliklar deraza, eshiklarini tuman markaziga borib yurmasdan shu tsexda tayyorlatishni maʼqul koʻrishadi.

Tadbirkor tsex uchun qurilgan katta binoda sartaroshxona va boshqa maishiy xizmat turlarini ham koʻpaytirishni rejalashtirgan.

U hududdagi hokim yordamchisi Nodirbek Norimbatovning koʻmagi bilan bankdan 24 mln. soʻm kredit mablagʻini olib, chorvachilikni ham tashkil qilib, qoramollar sonini 10 taga, qoʻylarni 19 taga, shu qatori parrandalarni 200 taga yetkazdi. 

– Oilamiz juda katta, – deydi yosh tadbirkor. – Ota-onamizdan roʻzgʻorimizni boʻlak qilgan boʻlsak ham hammamiz birgalikda mehnat qilamiz. Ukalarim men bilan birga ishlaydi, allaqachon oʻz ishlarining ustalari boʻlishgan. Xonadonimiz kelinlari esa roʻzgʻor ishlari, bolalar tarbiyasi bilan band. Qolaversa, kattagina tomorqa, bogʻlarimizdan ham unumli foydalanishga harakat qilamiz.

Nafaqat ovulda, balki tumanda ham yetakchilar qatorida kelayotgan yosh fermer Quvonch Matkarimov mustaqillik bilan tengdosh. Qoraqalpoq millatiga mansub oilada tugʻilib voyaga yetgan bu yigit Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya yoʻnalishida tahsil olish bilan birga otasi Maqsud ogʻa Matkarimovga “Ibragim Qron” fermer xoʻjaligini yuritish ishlarida koʻmaklashib keldi. Xoʻjalik ixtiyoridagi 150 gektar yer boʻlinib, “Quvonch Maqsud” fermer xoʻjaligini 2015-yilda tashkil qilishganidan soʻng, Quvonch uni mustaqil oʻzi boshqara boshladi. Oʻtgan yili pensiyaga chiqqan Maqsud ogʻa ham hozirga qadar xoʻjalikni rivojlantirishda yaqindan koʻmaklashib, kerakli maslahatlar berib kelmoqda. Buning natijasida paxta va gʻalla boʻyicha rejalar ortigʻi bilan bajarilib, tumandagi ilgʻor xoʻjaliklar qatoridan joy olishga muvaffaq boʻlishmoqda.

Hozirgi kunda xoʻjalik ixtiyorida 76 gektar yer maydoni mavjud boʻlib, 31 gektar yerga paxta ekilgan. Shuningdek, 20 gektar yerda gʻalla yetishtirilib, rejadagidan ortiq hosil olishga erishildi. Qolgan yerlarga esa sabzavot va poliz ekinlari ekilib, parvarish qilinmoqda. Xoʻjalikda 3 ta traktordan yerga ishlov berish va boshqa ishlarda foydalanilib kelinmoqda. Paxta dalasida 38 nafar pudratchi oʻz vaqtida agrotexnik qoidalar asosida gʻoʻzalarga ishlov berishgani bois bu yil koʻsak moʻl boʻldi.  Shu sababli joriy yildagi paxta mavsumida har gektar yerdan 50 tsentnergacha hosil olish moʻljallanmoqda.

Vatanning har bir qarich yeri, oʻsib turgan butasi-yu giyohi, zarra qumi va misqol tuprogʻi, tomchi suvigacha aziz va qadrli. Uni faqat sevish emas, yurak-yurakdan anglamoq, har bir qatrasiga singib ketmoq va yashnatish, qayta yaratish, obod etish uchun intilmoq kerak. Oʻzi tugʻilib oʻsgan shu yurtga astoydil mehr bergan Haytbay ogʻa va Gulora opa, yoshgina tadbirkor Shukurullo Otajonov, mustaqillik tengdoshi, fermer Quvonch Matkarimov, elning dardu-tashvishi bilan yashayotgan Tamara opa Karimova, Nodirbek Norimbatov kabilarning Vatanga muhabbati, yurt taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasi, farovonlik yoʻlidagi intilishlari bilan har bir maskan obod va hayot goʻzal boʻladi.

Ozoda Xudoyberganova,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026