24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 10:51
Jamiyat 👁 193

Tuman Tarix va oʻlkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil qilindi

Tuman Tarix va oʻlkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil qilindi

Nogironligi boʻlgan va imkoniyati cheklangan shaxslarga avvaldan yurtimizda jamiyatning ajralmas bir qismi sifatida eʼtibor qaratib kelinadi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda respublikamizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun koʻmak berish borasida katta ishlar qilindi.

Prezidentimiz rahnamoligida ogʻir ijtimoiy-maishiy sharoitlarda yashovchi oilalar arzon uy-joylar bilan taʼminlanayotgani, tibbiy xizmat, turli maishiy texnikalar sotib olishida begʻaraz yordam koʻrsatilayotgani fikrimiz dalilidir.

 Oʻzbekistonda nogironligi bor shaxslarga nafaqa toʻlanayotgani, shu bilan birga, mehnat qilishlariga zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotgani ham insonparvarlik siyosatining bir koʻrinishi, desak, ayni haqiqat boʻladi.

 Shuningdek, ular uchun grand loyihalar doirasida koʻngilochar tadbirlar, seminar-treninglar oʻtkazilishi ular ham oʻzlarini jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi sifatida his qilishlariga hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol boʻlishlarida yordam berib kelmoqda.

 26-avgust kuni Amudaryo tumani Nogironlar jamiyati tomonidan “Yangi Renessans ishtirokchilari” deb nomlangan grand loyihasi doirsasida imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan jamiyatimizning faol aʼzolari uchun Olmazor mahallasi hududidagi Tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil qilindi.

 Sayohat davomida faxriy ustoz, mustaqil izlanuvchi tarixchi va oʻlkashunos Shavkat Chorshamov qatnashchilarga ushbu muzeyning qurilishi, muzey eksponatlari, bezak ishlari, muzey hovlisidagi zamonaviy meʼmoriy uslubdagi barcha koʻrinish va manzaralarni bunyod etish borasida amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar va bu boradagi tuman hokimligi tomonidan koʻrsatilgan begʻaraz yordam haqida batafsil maʼlumot berdi.

Qatnashchilar muzey eksponatlarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Xususan, tumanimizning bir necha yuz yillik tarixini oʻzida aks ettiruvchi osori atiqalar, xalqimiz oʻtmishidan to bugunga qadar yetib kelgan bebaho yodgorliklar, hali ham aslini, qadr-qimmatini yoʻqotmagan turfa liboslar, turli davrlarga xos ish qurollari, roʻzgʻor buyumlari, tadbirkor ota-bobolarimiz tomonidan ishlatilgan yogʻ ishlab chiqarish juvozlari, suv haydovchi chigʻir va charxpalak, madaniy-maʼrifiy hayotni oʻzida aks ettirgan noyob qoʻlyozmalar, mangʻitlik sanʼatkorlarga tegishli qadimiy sozlar, ularda juda katta qiziqish uygʻotdi.

Imkoniyati cheklangan insonlar uchun tashkil etilayotgan bu xildagi sayohatlar, koʻngilochar tadbirlar ularga madaniy hordiq beribgina qolmasdan, tumanimiz tarixini yanada chuqur bilishga, ota-bobolarimiz yaratgan hunarmandchilik anʼanalarini oʻzida mujassam etgan kulolchilik sanʼati durdonalarini, Amu boʻyi ayollari kiygan turli davrlarga xos turfa liboslarning qadr-qimmatini yoshlarga yetkazishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026