16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:45
Jamiyat 👁 204

“Maʼnaviyat festivali” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

“Maʼnaviyat festivali” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Respublikamizning turli hududlarida mustaqilligimizning 31 yillik bayrami oldidan tashkil etilgan “Maʼnaviyat festivali” doirasidagi tadbirlar Amudaryo tumanida ham koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Toshkent shahridan bir guruh madaniyat va sanʼat xodimlari, el suygan ijodkorlar, teatr aktyor va aktrisalari, shoiralar bilan birga tumanimizga “kitob karvonlari”, “kino karvonlari” ham yetib keldi.

15-avgust kunidan boshlab tumanimizning turli hududlarida, eng chekka ovul va mahallalarda ham tadbirlar tashkil etilib, aholiga maʼnaviy hordiq ulashildi. Qolaversa, imkoniyati cheklangan yoshlar holidan ham xabar olinib, ularga badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.

18-avgust kuni Olmazor mahallasi hududida joylashgan “Xotira maydoni”da “Yangi oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida gala kontsert boʻlib oʻtdi.

Kontsert dasturida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Toshkent shahridan tashrif buyurgan el eʼzozidagi mehmonlar, mehnat faxriylari, yoshlar, kattalar, keksalar ishtirok etishdi.

Millatlararo doʻstlik, hamjixatlik, oʻzaro qon-qarindoshlik va birodarlik nafasi kezib yurgan “Xotira maydoni” bir zumda bolalarning shoʻx-shodon kulgusi va ulugʻ yoshli insonlarning tinchlik-omonik haqidagi shukronalik soʻzlari bilan toʻlib toshdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev barchani yaqinlashib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Yurtdoshlarimizning xonadonlariga qut-baraka, xotirjamlik tiladi.

Shuningdek, Toshkent shahridan tashrif buyurgan bir guruh madaniyat va sanʼat xodimlariga oʻz ijod namunalari bilan xalqimizga maʼnaviyat va maʼrifat ulashganliklari uchun minnaddorlik bildirdi.

Tadbir davomida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Moʻminova qoraqalpoq eliga muhabbatini oʻzining goʻzal satrlari bilan izhor etdi. Qolaversa, Amudaryo tumanining aholisi mehmondoʻst, mehnatkash va tanti insonlar ekanligini, qishloqlarda istiqomat qiluvchi oddiy insonlar orasida ham yuksak isteʼdod sohiblari bor ekanligini aytib oʻtdi.

Shundan soʻng tadbir el suygan taniqli estrada yulduzlari ijrosidagi goʻzal kuy-qoʻshiqlar bilan davom etdi.

Ozod va obod Vatanga bayramlar, toʻylar yarashadi. Yurtimizda bayram shukuhi kezib yurgan ushbu pallalarda respublikamizga tashrif buyurgan “Maʼnaviyat karvoni” oʻzi bilan birgalikda oʻzgacha koʻtarinki ruh olib keldi.

Gala kontsertda kuylangan har bir qoʻshiqda Vatan madhi, tinchlik, shukronalik tuygʻulari mujassam boʻldi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019