Mardonavor xizmatlari uçun kuyuk köpirlik harbiy xizmatçining ota-onasi taşakkurnoma bilan taqdirlandi
Ota-ona uçun farzandining kamolini körişdan ortiq baxt yöq dunyoda. Farzandlar tomonidan erişilgan muvaffaqiyatlar, qölga kiritilgan yutuqlar barça ota-onalarning qalbida ğurur va iftixor tuyğularini jöş urdiradi.
Ayniqsa, ona Vatanni himoya qilişdek şarafli burçini sidqidildan bajarib, kindik qoni tökilgan zaminning şaʼnini öz or-nomusi kabi himoya qiluvçi mard öğlonlar nafaqat ota-onasini balki, barça yurtdoşlarimizning işongan toği, qalqonidir. Yurtimizda ana şunday burçiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan, kasbini şaraflab kelayotgan harbiy xizmatçilar safi tobora ortmoqda.
Heç şubhasiz, bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari safida xizmat qiliş, Vatan ostonasi daxlsizligini taʼminlaş har bir yigit uçun ulkan orzu va maqsadga aylangan.
Kuyuk köpir ovulida istiqomat qiluvçi Karimboy aka hamda Mohira opaning farzandi Rahmatjon Sobirov ham Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga xizmatga qabul qilinganidan buyon özining namunali harbiy intizomi, xulqi, bilimga intilişi, tirişqoqligi, taşabbuskorligi, jamoat işlarida faol iştirok etişi bilan barça harbiy xizmatçilarga namuna bölib kelmoqda.
Rahmatjonning Vatanimizga, Prezidentimizga, jonajon xalqimizga sodiqlik töğrisidagi qasamyodiga amal qilgan holda şaraf bilan xizmat qilib kelayotgani eʼtirof etilib, ota-onasiga mana şunday barkamol farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgani uçun Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari qömondonligi Taşakkurnoma yölladi.
Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari qömondonligida xizmat qiluvçi masʼul ofitser Sanjar Toşmatov Rahmatjonning ota-onasiga farzandining öz xizmati davomida mustahkam irodali, aql-zakovatli, jismonan soğlom, mustaqil fikrali, zamonaviy fan-texnika yangiliklaridan xabardor, muomala va kasb madaniyatiga ega haqiqiy Vatan himoyaçisi ekanligini eʼtirof etib, qömondonlik nomidan çuqur minnatdorlik bildirdi va taşakkurnomani tantanali tarzda topşirdi.
Şuningdek, Rahmatjonning kelajakda ham öziga bildirilgan yuksak işonçni oqlagan holda, yurtimiz tinçligi va xalqimiz osoyiştaligini taʼminlaş, yangi Özbekistonning buyuk kelajagini qurişda özining munosib hissasini qöşiş yölida sidqidildan fidokorona xizmat qilişiga işonç bildirdi.
Insoniyat uçun tinçlik, osoyiştalikdan ham uluğ, bebaho neʼmat yöq. Bugun yurtimizda amalga oşirilayotgan yuksak taraqqiyot, yangilanişlar, rivojlanişlar zamirida xalqimizning tinç-osuda hayoti, ertagi kuniga mustahkam işonçi mujassamdir.
Bu esa mamlakatimiz sarhadlarini Rahmatjon Sobirov singari mardonavor himoya qilib kelayotgan harbiy xizmatçilarning fidoiyligi samarasi ekanligini aslo unutmasligimiz kerak.
Öz harbiy burçini ado etiş yölida metin iroda va temir intizom bilan xizmat qilayotgan ona Vatanimizning mard öğlonlari doimo omon bölişlarini tilaymiz!
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶