TUMANIMIZ MATBUOTI FIDOYILARIGA BAYRAM MUBORAK!
Mamlakatimizda huquqiy demokratik fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarda, yangilanish jarayonlarida Ommaviy axborot vositalarining munosib oʻrni bor.
Soha xodimlari oʻzlarining tezkorligi, ochiqlik, xolislik printsiplariga amal qilgan holda olib borayotgan samarali faoliyatlari bilan xalqimiz hayotiga kirib borib, ularga yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, islohotlar haqidagi tezkor va haqqoniy xabarlarni yetkazib bermoqdalar.
Bu borada Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy hayotini muntazam ravishda yoritib kelayotgan “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalari shuningdek, Amudaryo televideniyesi xodimlarining xizmatlari ham alohida eʼtirofga loyiq.
Fuqarolarning axborot sohasidagi huquqlarini taʼminlashda jurnalistlar fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Ayni paytda ular bilan hamkorlikda olib borayotgan samarali mehnatlarimiz oʻzining ijobiy natijasini berib kelmoqda.
Jamiyatimizda oshkoralik printsplariga amal qilgan holda faoliyat olib borayotgan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlab, faoliyatlarida omad va ulkan yutuqlar, oilalariga tinchlik-xotirjamlik tilayman.
Fotima EShIMBETOVA,
tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶