24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:28
Jamiyat 👁 278

“Noʻgʻay Eshon” jomeʼ masjidi binosi yangidan barpo etilmoqda

“Noʻgʻay Eshon” jomeʼ masjidi binosi yangidan barpo etilmoqda

Yurtimizda masjidlarimiz kundan-kunga obod boʻlmoqda. Koʻpchilik masjidlar zamonaviy shaklda taʼmirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilmoqda. Bu kabi hayrli ishlar diniy qadriyatlarimizga boʻlgan ulkan eʼtiborning natijasidir. Masjidlarni obod etish hamda ularni taʼmirlash savobi ulugʻ amallardan biridir.

Vazirlar Mahkamasining “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish  ishlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hududlarda faoliyat yuritayotgan masjidlarning eski binolarini rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra hududlarda yangi masjidlar qurilmoqda.

Amudaryo tumanining Choykoʻl ovuli hududida joylashgan “Noʻgʻoy Eshon” jomeʼ masjidi binosining yangidan barpo etilishi ham bu boradagi amaliy ishlarning yaqqol namunasi boʻldi.

Mazkur binoning qurilish ishlari tuman hokimi qaroriga asosan Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini hududidan ajratilgan yer maydonida shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga muvofiq tarzda boshlab yuborildi.

Yaqinda hashar yoʻli bilan tadbirkorlar va xayriya qiluvchilarning homiylik yordami hisobiga qurilayotgan ushbu masjid binosining qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosari Nodirek Kamolov, Amudaryo tumani bosh imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev, masjid imom-xatibi Oʻktam Qurbaniyazov hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev mahalla ahlini ushbu muqaddas binoning barpo etilayotganligi bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, bunyod etilayotgan ushbu masjid hashamatli, namozxonlar uchun juda qulay va shinam boʻlishiga alohida eʼtibor qaratilganligini taʼkidlab oʻtdi.

Aytish kerakki, qurilish ishlariga eng mohir usta va muhandislar jalb etilgan. Bunday ezgu ishga oʻz hissasini qoʻshishni istovchi mahalla ahli ham oʻz mahoratlarini koʻrsatib, bor kuch-gʻayratlari bilan mehnat qilishga shay boʻlib turishibdi.

Tadbirda imom-xatiblar masjidni obod etishning savobi ulugʻ ekani, hamda bu muqaddas hadislarimizda ham alohida bayon qilib oʻtilganini taʼkidlashdi.

Shundan soʻng, tuman hokimi, imom-xatiblar hamda mahalla aholisi masjidning yangi binosi uchun ilk ustunlarni qoqishdi.

 Marosimda Qurʼon tilovat qilindi va yangidan qurilishi boshlanayotgan masjid tez orada bunyod boʻlishi, ularda moʻmin-musulmonlar ibodatlar qilishini soʻrab duolar qilindi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning 24-iyul kuni Qipchoq shaharchasidagi “Hoji eshon bobo” jomeʼ masjidi binosi qurilishini boshlash uchun tamal toshi qoʻyilgan edi. Ayni kunlarda masjid binosi boʻy tiklab, qurilish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026