KITOB YaRMARKASI TAShKIL ETILIB, OʻQUVChILAR KITOBXONLIKKA ChORLANDI
Yozgi taʼtil arafasida oʻquvchilar uchun maktabimizda kitobxonlik yarmarkasi oʻtkazildi. Yarmarkaga 1-11-sinf oʻquvchilariga mos keladigan turli adabiyotlar, ertak, boshqotirma va boshqa har xil mavzudagi kitoblar qoʻyildi. Bir necha kun davom etgan yarmarkaga ota-onalar ham tashrif buyurib, farzandlari tanlagan kitoblarni xarid qilishdi.
Kitob – hayotdagi eng yaqin doʻst. Unda barcha bilimlar mujassam. Kitobsiz hayotni aslo tasavvur qilib boʻlmaydi.
Bugungi kunda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish boʻyicha davlatimiz tomonidan juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.
Kitob oʻqigan inson, qaysi sohada ishlamasin, toʻgʻri fikrlash, oqu-qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda odilona qaror qabul koʻnikmasiga ega boʻladi. Kitobni koʻp oʻqigan insonning nutqi ravon boʻladi.
Oʻquvchilarni kitoblarni koʻp oʻqishga chorlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etilib, oʻtkazilib boriladi. Maktabimizda boʻlib oʻtgan yarmarkada ham oʻquvchilarimiz faol ishtirok etdilar.
Kitob – bu insonning eng yaxshi doʻstidir. Qancha koʻp kitob oʻqisak, shuncha bilimimiz oshadi. Shunday ekan, kitob oʻqishdan, izlanishdan charchamaylik.
Inobat NORIMOVA, 38-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶