Yozgi oromgohlarning telekommunikatsiya infratuzilmasi oʻrganildi
Oʻzkomnazorat Davlat inspektsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy inspektsiyasi tomonidan 2022 yil 10-iyun kuni Amudaryo hamda Taxiatosh tumanlarida bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining telekommunikatsiya infratuzilmasi, mobil aloqa va internet sifati, shuningdek dam olish mavsumiga tayyorgarligi holatlarini oʻrgandi.
Oʻzkomnazorat davlat inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy inspektsiyasi tomonidan Amudaryo tumani Durman OFY hududida joylashgan “Qaldirgʻoch” xamda Taxiatosh tumani “Aydin jol” MFY hududida joylashgan “Aydin jol” yozgi oromgohlarning “Respublika oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish kotseptsiyasiga” muvofiqligi, shaharlararo telefon yoki uyali aloqa vositasi, maxsus sim karta bilan taʼminlanganligi, oromgohdagi telekommunikatsiya infratuzilmasi holati oʻrganildi.
Oromgohlarda aloqaning uzluksizligi, telekommunikatsiya texnik vositalarining sozligi va boshqa jihatlar boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Oʻrganishlar davomida oromgoh hududida mobil aloqa xizmatlari,
ota-onalar bilan muloqot qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, simli internet xizmatlariga ulanish imkoniyati, xavfsizlik kameralari bilan taʼminlanganligi va boshqa jihatlar koʻzdan kechirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶