24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:29
Jamiyat 👁 384

“Besh muhim tashabbus olimpiadasi”ning tuman bosqichi gʻoliblari munosib taqdirlandi

“Besh muhim tashabbus olimpiadasi”ning tuman bosqichi gʻoliblari munosib taqdirlandi

Mavzuga oid fotogalereya

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Soʻnggi yillarda kelajagimiz egalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlarning madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus” doirasida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

4-iyun kuni Amudaryo tumanining Doʻstlik mahallasi hududidagi 2-sonli Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi oʻyingohida “Besh muhim tashabbus olimpiadasi”ning tuman bosqichi yakunlanishi munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, hokim oʻrinbosarlari hamda musobaqalarda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan shijoatli yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev barcha yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi”ning mahalla, sektor hamda tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgani bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, 17 ta yoʻnalishda oʻtkazilgan bellashuvlar, tanlovlar va musobaqalar yuqori saviyada tashkil qilinib, unda 27 ming dan ortiq yoshlar faol ishtirok etishganini eʼtirof etib oʻtdi.

Shundan soʻng, “Besh tashabbus olimpiadasi”da faol qatnashgan va yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash jarayoni boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun aytish kerakki, tadbirlarning tuman bosqichida 405 nafar yoshlar gʻolib va sovrindarlar qotoridan joy olib, ular orasidan 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan 144 nafar yoshlar hududiy bosqichga yoʻllanma oldilar. Bugungi kunga qadar hududiy bosqichning 4 ta yoʻnalishi boʻyicha yakuniga yetgan musobaqalarda 3 nafar yoshlar Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Xususan, professional shaxmat boʻyicha ayol-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda Oʻzbekiston mahallasidan Rayxona Shamuratova, “Yosh kitobxon oila” tanlovida Doʻrman ovulidan Oʻrinboyevlar oilasi alohida eʼtirofga sazovardir.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarini tizimli tashkil etish va oʻtkazish uchun davlat byudjetidan har yili 50 mlrd. soʻm miqdorda mablagʻ ajratilishi yoshlarga berilayotgan katta eʼtiborning yorqin namunasidir.

Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda boshqa maxsus umumrespublika sport musobaqalari davomida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va trenerlar malaka attestatsiyasiga jalb etilmasligi hamda va ularga toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifalari berilishi ustoz va murabbiylarimiz uchun ham katta imkoniyatdir.

Aytish kerakki, “Besh tashabbus” doirasida oʻtkazilayotgan musobaqlar, tanlovlar va bellashuvlar zukko kitobxonlarni, madaniyat va sanʼat sohasining yetuk vakillarini, axborot texnologiyalari boʻyicha yetakchi mutaxassislarni hamda dunyo tan olgan sportchilarni kashf qilish va saralashda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning tuman bosqichda faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan intiluvchan oʻgʻil-qizlarga keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz.

Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026