“BIR NURONIY ÖN YoŞGA MASʼUL” NOMLI TABDIR ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda keksalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oşiriş maqsadida Prezidentimizning qator Farmon va Qarorlari qabul qilingan. Tumanimizda uşbu hujjatlar ijrosini taʼminlaş böyiça hokimlik va tegişli taşkilotlar tomonidan tizimli işlar olib borilmoqda.
Jumladan, “Bir nuroniy ön yoşga masʼul” tamoyili asosida mahallalarda hayotiy va katta amaliy tajribaga ega bölgan obrö-eʼtiborli nuroniylar va ziyolilarni işsiz, tarbiyasi oğir va muammoli yoşlarga biriktiriş orqali ularni jamiyat uçun foydali insonlar bölib yetişişlariga kömaklaşiş amaliyoti yölga qöyilgan bölib, bugungi kunda tumandagi mavjud 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida istiqomat qiluvçi 490 nafar muammoli yoşlarga 70 nafar faol nuroniylar biriktirildi.
Joriy yilning 3-iyun kuni tumandagi “Xon saroy” mehmonxonasi restoranida fuqarolar yiğinlarida jamoatçilik asosida faoliyat yuritib kelayotgan, mahallalarda “Bir nuroniy ön yoşga masʼul” tamoyilini qaror toptirişda taşabbuskorlik körsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylar iştirokida tadbir bölib ötdi.
Nuroniylarga tökin dasturxon yozilib izzat-ikrom körsatildi.
Tadbirdan közlangan maqsad– fuqarolar yiğinlaridagi “Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” jamoatçilik kengaşlari aʼzolarini, katta hayotiy tajribaga ega bölgan nuroniylarni “Bir nuroniy ön yoşga masʼul” tamoyili asosida tarbiyasi oğir, maʼnaviy kömakka muhtoj, uyuşmagan, işsiz, muammoli yoşlarga biriktiriş orqali ularga kömak beriş böyiça özaro tajriba va fikr almaşişdan iborat.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari, “Nuroniy” jamğarmasi raisi Tursinbay Abdijabbarov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hamda bir guruh faol nuroniy otaxonlar qatnaşdilar.
Tadbir davomida Tursinbay Abdujabbarov nuroniylarga yoşlar tarbiyasiga befarq bölmaganligi, ayrim muammoli yoşlarni otaliqqa olib, ularga har tomonlama kömak berayotganliklari uçun özining çuqur minnaddorligini bildirdi.
Şu bilan birga, tadbirda belgilagan işlar samaradorlagini oşiriş maqsadida mahallalarda keksa avlod vakillari va yoşlar iştirokidagi uçraşuvlarni ötkaziş orqali yoşlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş hamda hayotda öz örnini topişga kömaklaşiş borasidagi işlarni yangi bosqiçga kötariş lozimligini taʼkidlab ötdi.
Şuningdek, yoşlarni diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan turkum tadbirlar taşkil etişni anʼanaga aylantiriş, “Bir nuroniy ön yoşga masʼul” tamoyili asosida har bir mahalla fuqarolar yiğinida nuroniylarni yoşlarga biriktiriş böyiça yangi tizimni joriy etişda amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil töxtalib ötdi.
Tadbir davomida keksalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, ular uçun mamlakat böylab sayohatlarni taşkil etiş, imkoniyati çeklangan hamda yolğiz keksalarga moddiy yordam körsatiş va ularni manzilli ijtmoiy himoya qiliş maqsadida pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot xizmatining taʼsirçan mexanizmlarini yaratiş hamda nazorat örnatiş kabi muhim masalalar böyiça söz yuritildi.
Şuningdek, tadbirda jamoat işlarida faol, mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştirişga, jinoyatçilik va ajrimlarning oldini olişga munosib hissa qöşib kelayotgan tuman Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi qoşidagi “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi raisi örinbosari, Bekmon ota Allabeganov 75 yoşga tölişi munosabati bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi, tuman hokimligi hamda Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan pul mukofoti va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Tadbirda tuman Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Ğulomjon Duysenbayev, bölim boşliği maslahatçisi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi, “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi raisi Bahadir Baltabayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi rahbari Mahsud Sadullayev, Yoşlar işlari agentligi tuman bölinmasi raisi Sardor Ismailov, “Buvijonlar maktabi” jamoatçilik kengaşi raisi örinbosari, Sanobar Xöjamuratovalar loyihani amalga oşiriş borasida özaro fikr almaşib öz taklif va mulohazalarini bildirişdi.
Tadbir tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi.
Mahalla− ajdodlarimizning yuksak tafakkurini, urf-odatlar va anʼanalarini özida mujassam etgan, jahon ahli havas qiladigan ezgu qadriyatlarimiz közgusidir. Bugungi kunda bu noyob tuzilmaga yangiça maʼno-mazmun baxş etilayotgan “Bir nuroniy ön yoşga masʼul” tamoili yoşlarning barkamol avlod bölib voyaga yetişlari, hayotda özining munosib örnini topişlari uçun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
B.Baltabayev,
Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği maslahatçisi,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶