24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 15:47
Jamiyat 👁 537

Umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan oʻtkazildi

Umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-aprel kungi farmoyishiga asosan 30-aprel kuni "Mahalla obodligi — yurt farovonligi" obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi.

Darhaqiqat, bayramlar, qutlugʻ kunlar oldidan hovlisi chor-atrofini tozalash, tartibga keltirish, xonadonini sarishta qilib qoʻyishdek xalqimizning azaliy qadriyatlari davlatimiz siyosatida ham aks etmoqda. Ramazon hayiti arafasida umumxalq xayriya hasharining oʻtkazilishi ham fikrimizning isbotidir.

Hashar barcha joylarda boʻlgani kabi, Amudaryo tumanida ham uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Zero, xalqimizning azaliy udumlaridan biri sanalgan hashar odamlar orasidagi mehr-oqibat, pokizalik va uyushqoqlik ramzidir. Qolaversa, hududlarni obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish Yangi Oʻzbekistonda kundalik masalaga aylangan.

Erta tongdan boshlangan hasharga tuman hokimligi, tumandagi muassasa, korxona va tashkilotlar xodimlari, taʼlim muassasalari jamoasi hamda ovul va mahallalar faollari qatnashdilar.

Ularning saʼy-harakatlari bilan koʻchalar, yoʻl boʻylari, ariqlar tozalanib, sanitariya holati yaxshilandi. Koʻp qavatli binolar, hovlilar atrofi tartibga keltirildi. “Yashil makon” aktsiyasi doirasida yoʻllar boʻylari, yashil hududlarga gullar, mevali, manzarali daraxtlar koʻchatlari oʻtqazildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yakka-yolgʻiz yashovchi shaxslarning, boquvchisini yoʻqotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga koʻmak berildi.

Obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va tozalash ishlarini amalga oshirish jarayonida ovul va mahallalar hududida toʻplanib qolgan chiqindilar maxsus belgilangan hududlarga chiqarib tashlandi.

Hashar kunida ushbu harakatlarda jami 35 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz qatnashdilar. Ularning saʼy-harakatlari tufayli 72 gektardan ziyod maydonlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi. 66 tonnadan ziyod maishiy chiqindilar chiqarib tashlandi. Amalga oshirilgan ishlarga 50 ga yaqin texnikalar jalb etildi.

Shuningdek, 19 ta uy-joylar taʼmirlandi, 79 ta ehtiyojmand oilalarga moddiy yordamlar berildi. Shu jumladan 13 nafari yolgʻiz qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslardir.

Ozodalik, saranjomlik tobora goʻzallashib, obod boʻlib borayotgan yurtimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshadi. “Mahalla obodligi — yurt farovonligi” shiori ostida boʻlib oʻtgan umumxalq xayriya hashari davomida hududimiz qiyofasi oʻzgaribgina qolmay, mehrga, eʼtiborga, koʻmakka muhtoj koʻngillarga ham shodlik ulashildi.

Hashar-saranjom-sarishtalik, ahillik va hamjihatlik ramzi ekanligi xalqimizning hamjihatlikdagi mehnatlari timsolida yana bir bor namoyon boʻldi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026