24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 15:47
Jamiyat 👁 347

XALQ QABULXONALARI AHOLI MUAMMOLARIGA YeChIM TOPIShDA YaQIN KOʻMAKDOSh BOʻLMOQDA

XALQ QABULXONALARI AHOLI MUAMMOLARIGA YeChIM TOPIShDA YaQIN KOʻMAKDOSh BOʻLMOQDA

Prezident Xalq qabulxonalari bugun xalqimizning muammolariga yechim topishiga koʻmaklashib, hayotdan rozi boʻlib yashashiga xizmat qilmoqda. Shu maqsadda Qabulxonalar mutasaddilari tomonidan barcha darajadagi rahbarlarning fuqarolar bilan ochiq, oshkora muloqoti yoʻlga qoʻyilib, murojaatlar imkon qadar ijobiy hal etilmoqda. Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan ulugʻvor gʻoyaga amal qilinib, aholining yashash darajasini yaxshilashga harakat qilinmoqda.

Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan ham jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, muammolarini oʻrganish va hal etish borasida oʻtgan davrlar mobaynida tegishli ishlar amalga oshirildi.

Qabulxonaga shu yilning uch oyi davomida 391 ta masalada murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 342 tasi koʻrib chiqilgan, 49 tasi oʻrganilmoqda. Koʻrib chiqilgan murojaatlarning 276 tasi qanoatlantirilgan.

Maʼlumki, joriy yildan boshlab hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish, natijalarini xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida muhokama qilib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan. Shunga koʻra, Qabulxona tomonidan tumandagi hokim yordamchilari faoliyati ham muvofiqlashtirilib borilmoqda.

Hokim yordamchilari tomonidan joriy yil boshidan 35 393 xonadonlar xatlovdan oʻtkazilib, 4 ta toifaga ajratib olindi. Birinchi toifaga daromadi kam, ishsiz aʼzolari boʻlgan, daromad topishga, kasb oʻrganishga harakat qilayotgan 6114 ta xonadon, ikkinchi toifaga doimiy daromadga ega, qoʻshimcha daromad topish istagi boʻlgan 17551 ta xonadon, uchinchi toifaga nogironligi bor va kasal aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 2640 ta xonadon, toʻrtinchi toifaga iqtisodiy ahvoli yaxshi va oʻziga toʻq 9088 ta xonadon kiritildi.

Xatlov oʻtkazilgan xonadonlarda 5 909 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlanib, ularning 3565 nafarida ishlash, 294 nafarida kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqish, 1083 nafarida tadbirkorlik bilan shugʻullanish, 2075 nafar fuqarolarning kredit olish, yana 113 nafar fuqarolarning kooperatsiya asosida ishlash hohishi borligi aniqlangan.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi asosida 2075 nafar fuqarolar tomonidan kredit olish uchun arizalar yuborilgan boʻlib, shundan 1172 tasi maqsadli deb topilib hokim yordamchilari tomonidan tavsiyanomalar berildi. Bugungi kunda 434 nafar fuqarolarga dastur doirasida 8,6 mlrd.soʻmlik kreditlar ajratilgan. Subsidiya asosida issiqxona qurib berish maqsadida 100 nafar fuqarolarga pul mablagʻlari ajratildi. Bugungi kunda 80 nafar fuqarolarga issiqxona qurib berish ishlari yakunlangan.

Tumandagi umumiy maydoni 775,5 gektar boʻlgan qishloq xoʻjaligi yerlarini ijaraga berish maqsadida 3054 ta lotlarga boʻlinib, auktsion savdo maydonchasiga joylashtirildi. Shundan auktsion natijasiga koʻra bugungi kunda salkam 415 gektar yer 1640 nafar fuqarolarga ajratilgan.

Hokim yordamchilari tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijasida 2534 nafar ishlash istagini bildirgan mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar aniqlanib, bugungi kunda 1282 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlangan.

Qabulxona xodimlari uyma-uy yurib ham, aholining oʻta sharoiti ogʻir, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami oʻrganib chiqilmoqda. Oʻrganishlar davomida "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan, lekin yordam koʻrsatilmasdan daftardan chiqarib yuborilgan hamda daftarga kiritilishi lozim boʻlgan oilalar daftarga kiritilmasdan eʼtiborsiz qoldirilgan bir qancha holatlar ham aniqlandi.

Boʻston mahallasida yashovchi 77 yoshli fuqaro Oʻrozgul Pirnafasovaning farzandi Asqar Qoʻchqorov oʻsma kasalligiga chalingan, 6 marotaba fizoterapiya muolajasini olgan. Bemorga har bir olingan muolaja uchun 6 mln. soʻmdan jami 36 mln. soʻm mablagʻ sarflangan. Nevarasi Toʻliboyev Jahongirning bosh miya qismida oʻsimta paydo boʻlgan, oʻz vaqtida davolanishi uchun Toshkent shahrida operatsiyani amalga oshirishga yoʻllanma ololmagan. Davolanishga mablagʻi boʻlmaganligi sababli bir koʻzi koʻrmay qolgan. Zudlik bilan jarrohlik yoʻli bilan davolanishi zarur boʻlsa-da, ushbu oila "Temir daftar"ga kiritilmasdan, eʼtiborsizlik bilan qaralib kelingani aniqlangan.

Xalq qabulxonasi koʻmagi bilan mazkur oila "Temir daftar"ga kiritildi va fuqaro Jahongir Toʻlibayevga bosh miya qismidagi oʻsimtani davolatishga Toshkent shahridagi tibbiyot muassasasiga borishiga bepul yoʻllanma olishda amaliy yordam berildi.

Tumandagi Xalq qabulxonasi tomonidan yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarining qisqa muddatda bartaraf qilinayotganidan fuqarolar mamnun. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, barcha ishlar tub zamirida xalqimizni rozi qilish maqsadi mujassamdir.

E.Rajabov, Xalq qabulxonasi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026